So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur kishilarning eng sara gaplarni keltirib o'tamiz.

- "Men Arsen Venger va Ser Aleks Fergyusonni juda hurmat qilaman, chunki ular futbol uchun ko'p ish qilgan. Ammo hozirgi paytga kelib futbol o'zgardi. O'ylaymanki, ular murabbiylik faoliyatining dastlabki 15 yilida keyingi 15 yildagi kabi bosimga duch kelmagan. Hozir bosim juda katta. Matbuot, muxlislar va klub rahbariyati tomonidan bosimni doim his qilib turishingga to'g'ri keladi. Men gazetalarni unchalik o'qimayman, lekin u erda yozilayotgan gaplar faoliyatimga tasir qilishini bilaman. Qolaversa ijtimoiy tarmoqlarda ham faol emasman. Hozir 50 yoshdaman, hamon baquvvatman, biroq ijtimoiy tarmoq uchun o'zimni keksa hisoblayman. 70 yoshga kirganimda hayotdan butunlay chiqib qolsam kerak". ("Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'zi va boshqa hamkasblari haqida)

- "Urugvayda yosh avlod tez shakllanyapti. SHunday ekan, yana bir bosqich tepaga ko'tarila olishimizga ishonaman. Yoshlar jamoasidan kattalar jamoasiga o'tganda o'zingni yanada masuliyatli his etasan. Tajribali o'yinchilar atrofingda bo'ladi va ular senga ko'p yordam beradi". (Urugvaylik Luis Nandes asosiy terma jamoada nimalarni his qilayotgani haqida)

- "Menga Misr futbol federaciyasi ramazon oyi payti yaqindan yordam berishga vada berdi. Menga mutaxassislar ajratiladi va ular har bir futbolchining eb-ichish va mashg'ulot jarayonini nazorat qilib boradi. Albatta, bu men uchun muammo bo'lishi mumkin, chunki futbolchilar tong sahardan to quyosh botguncha hech narsa eyishmaydi. Bu esa mashg'ulotga tasir qilishi mumkin. Ammo men barcha dinlar qatori Islomni ham hurmat qilaman va futbolchilarga ro'za tutishni taqiqlay olmayman". (Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ramazon oyida futbolchilarning ro'za tutishga qarshi bo'lmasligi haqida)

- "Hammamiz bilamizki, agar sen chempion bo'lishni xohlasang, chempionlarga xos tarzda harakat qilishing shart. Biz dunyodagi istalgan klubni mag'lub eta olamiz. Va shunga harakat qilamiz. Nima uchun "Liverpul" bu yil Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lmasligi kerak? Biz bu musobaqada g'olib chiqishni xohlaymiz. 2005 yildan beri berinchi marta ushbu musobaqani yutishga juda yaqinmiz". ("Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoasi bilan ECHLda g'olib bo'lishni xohlayotgani haqida)

- "Musulmonlar jamiyatida biz ayollarga to'siq ko'p. Ammo men hech kimga quloq solmasdan o'z ishimni qilishda davom etyapman. Yaqinda UEFA "V" licenziyasini qo'lga kiritdim va bundan juda xursandman. Men oldindan murabbiy bo'lishni istagandim va ko'p o'qishim tufayli bunga erishdim. To'g'risini aytsam, atrofdagilarning men haqimdagi gaplariga etibor bermayman". (UEFA tarixida "B" licenziyasini qo'lga kiritgan birinchi musulmon ayol Anni Zaidining aytganlari)

- "Men uni faqat "Old Trafford"da ikkita gol urgani uchun terma jamoaga chaqirganim yo'q. U gol urmasa ham shunga loyiq. U to'rt-besh mavsumdan beri 15tadan ko'p gol urib kelyapti. U kam o'ynaydi, lekin maydonga tushganida gol urishni biladi. Bu narsa hamma hujumchiga ham berilmaydi. U juda foydali o'yinchi". (Franciya termasi bosh murabbiyi Dide Desham "Sevilya" hujumchisi Vissam Ben Yedderni nima sababdan o'rtoqlik uchrashuvlariga taklif etgani haqida)

- "Albatta, men jahon chempionati haqida o'ylayapman. Buni o'ylamay bo'ladimi. CHunki bu men uchun birinchi mundial bo'ladi. Ammo hozir men uchun klub birlamchi o'rinda. PSJ mavsumni yakunlaganidan so'ng bor etiborimni jahon chempionatiga qarataman". (Kilian Mbappe JCH haqida o'ylayotgani haqida)

- "Messiga har qanday tarif kamlik qiladi. U super, super va yana bir marta super futbolchi. U kerak bo'lsa 60ta gol ura oladi. U shubhasiz dunyoning eng kuchlisi". ("CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Barsa" etakchisi Messi haqida)

- "Biz ECHL finalida MYUni 1:0 hisobida mag'lub etayotgandik. O'yin oxirlarida klubimiz prezidenti Franc Bekkenbauer liftda "Nou Kamp" stadionining eng yuqori qavatiga chiqayotgandi. Oradan bir daqiqa o'tib u yana liftda pastga tusha boshlaydi va maydon chetiga kelib tabloga qarasa hisob 2:1. Keyin u yonida turgan qo'riqlash xodimidan bu hazilmi, kim 2:1 deb yozib qo'ydi deb so'raydi. Xodim unga hazil emasligini va MYU bir daqiqa ichida ikkita gol urganini aytadi. Tabiiyki Bekkenbuer bunga ishonmaydi va o'ta qo'pol hazil deb o'ylaydi, lekin ming afsuski, bu ayni haqiqat edi. MYU "Bavariya" prezidenti liftdaligida ikkita gol urgandi". ("Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteusning 1999 yilgi ECHL finali bilan bog'liq xotiralaridan)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика