So’nggi yangiliklar

00:06"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  0 23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  2 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  10 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra, hafta davomida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur murabbiy hamda futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Messi futbolni boshqacha o'ynaydi. Uning uchun bir o'yinda uchta gol urish normal holat" (Karlos Teves hamyurti Lionel Messi haqida)

- "Bu - jahon chempionati. Har bir meksikalik u erga borishni orzu qiladi. Biz yaxshi natija ko'rsatish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz". (Meksika terma jamoasi futbolchisi Jovanni dos Santos JCHni orziqib kutayotgani haqida)

- "Zamonaviy futbolda to'psiz o'ynash juda muhim. SHuningdek, o'tish davrini ham esdan chiqarmaslik kerak. "Manchester Siti" ayni paytda dunyoning eng kuchli klubi bo'lishi mumkin, lekin ular ham birdaniga bu darajaga kelib qolgani yo'q. Barcha jamoalar o'tish davrini boshdan kechirishadi. Jahon chempionatida biz uchun eng muhimi, guruhdan chiqib olish, undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Men jamoam guruhdan chiqishiga ishonaman, yo'qsa bu erga kelmagan bo'lardim". (Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert va Marveykning matbuot anjumanida aytgan gaplari)

- "Bu klub klub ulkan tarixga ega. Jamoa safida ko'plab buyuk futbolchilar o'ynagan. SHulardan biri - Terri Anri. Anri men uchun har doim idel hujumchi bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. U ko'plab gollar urgan, men ham unga o'xshashga harakat qilaman". (Yaqindagina "Arsenal"ga o'tgan Per-Emerik Obameyang kimga o'xshashni xohlashi haqida) 

- "Qo'rqinchli tush o'tdi-ketdi. Biz hozir uyg'oqmiz. 1:7 hisobidagi mag'lubiyatni unutish uchun navbatdagi to'qnashuvda ularni engishimiz kerak. Oldimizda boshqa yo'l yo'q. Germaniya - kuchli, lekin biz ulardan ham kuchlimiz". (Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite jahon chempionatida Germaniyaga qarshi o'ynashni naqadar xohlayotgani haqida) 

- "To'g'risini aytaymi, menimcha favorit bu - "Manchester Siti". Lekin bu safar chempionlar ligasida zafar quchish oson bo'lmaydi, hamma kuchayishga harakat qilmoqda. Lekin men uchun "Siti" favorit". (Karlo Anchelotti bu yil ECHLda kim g'olib chiqishi haqida) 

- "Mening o'z uyim bor va qo'shnilarim nima qilishini bilmayman. Men doim o'z oilam va kuchugimdan xavotir olaman. Qo'shnilarimga esa salom deb qo'yaman va bo'ldi. Ammo ularning ishiga aralashmayman". ("Suonsi" bosh murabbiyi Karlos Karvalxal "Lester" futbolchisi Riyad Maxrez qanchalik xavfli ekani haqida)

- "Menga yoqadigan serialmi? Bu shubhasiz "Taxtlar jangi" (Game of Thrones). Men uning ettita mavsumini ko'rib tugatdim. Nafaqat bir o'zim, balki murabbiylar shtabidagi hamma shuni ko'radi. Biz uchun futbol birinchi o'rinda, undan keyin serial". ("Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qaysi serialni ko'rishi haqida)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика