So’nggi yangiliklar

15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  18 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  4 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  24 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  8

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra, o'tgan bir hafta ichida xorij matbuotida keltirilgan mashhur futbolchi va murabbiylarning eng sara fikrlarini taqdim etamiz.

- "Men PSJ bilan CHempionlar ligasida, undan keyin terma jamoa bilan jahon chempionatida g'olib chiqishni xohlayman. Bu ayni paytda mening eng katta xayollarim, balki yaqin orada uylanarman ham". (Neymar jurnalistlar bilan suhbatda kelajakdagi rejalari haqida)

- "Menga har doim Ronaldino yoqqan, lekin biz uchun Messi xuddi Diego Maradona kabi. U bilan bir terma jamoada o'ynayotganimdan mamnunman. U Ekvador darvozasiga uchta gol urib bizni jahon chempionatiga olib chiqdi. Messi - tug'ma etakchi". (Paulo Dibala terma jamoadoshi Lionel Messi haqida)

- "Menimcha, Aleksis Sanches Premer-ligadagi LeBron. U chempionatning eng yaxshi o'yinchilaridan biri va har kuni birga mashg'ulot o'tkazar ekanmiz, bunga yana bir karra amin bo'laman". (Nacho Monreal "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesni mashhur basketbolchi LeBron Jeymsga o'xshatishi haqida)

- "Men rasman futboldan ketyapman. Birinchi navdbatda shunday ajoyib faoliyat uchun Xudoga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, Nigeriya futbol federaciyasi hamda Nigeriya terma jamoasida men bilan o'ynagan jamoadoshlarimga katta rahmat. 1997 yil Nigeriyaning "Julius Berger" klubida to'p tepishni boshlaganimda bu darajaga etaman deb o'ylamagandim. Menga ayniqsa Angliya chempionatida o'ynash futbolchi bo'lib shakllanishimda katta yordam berdi. Endi bo'lsa hayotimda yangi bosqich boshlanadi". (Katta futbol bilan xayrlashgan Yakubu Ayegbenining so'nggi so'zlari)

- "Men uchun afsona juda katta mano beradi. Zidan - bu afsona. Uning men haqimda gapirganini eshitib to'lqinlanib ketdim. SHunday buyuk insonning men haqimda iliq so'zlarni aytishi har kuni ertalab uyg'onganimda o'z ustimda yanada ko'proq ishlash kerakligiga undaydi". ("Seltik" hujumchisi Mussa Dembele o'zi haqida iliq gaplarni gapirgan Zinedin Zidan haqida)

- "Umid qilamanki, "Milan" buni ko'rdi". ("Sevilya" futbolchisi Vissam Ben Yedder "Liverpul" bilan kechgan 3:3 hisobidagi o'yindan so'ng. Malumki, "Sevilya" mazkur bahsda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotib yakunda 3:3 o'ynadi. Futbolchi bu bilan 2005 yil ECHL finalini yodga oldi)

- "Uning maqsadi millioner bo'lish emas, balki yaxshi futbolchi bo'lib etishish. Uning haliyam to'p olib kelib beradigan bolalardan farqi yo'q. U "Manchester Siti"ni yaxshi ko'radi va doim shu erda qolishni xohlaydi". ("Manchester Siti" akademiyasi direktori Jeyson Uilkoks U-17 jahon chempionatida porlagan yosh ingliz Fil Foden haqida)

- "Ilgari Gabon degan davlat haqida ko'pchilik bilmasdi. Ammo endi Per-Emerik Obameyang tufayli shunday mamlakat borligini butun dunyo biladi". (Gabon terma jamoasi futbolchisi Remi Ebanega mashhurlarning davlatga tasiri haqida)

- "O'yindan keyin o'zimni yaxshi his etdim. Ketishimni bilgandim. Bir soat o'tgach, Avstraliya futbol federaciyasi vakili Devid Gellop meni ketmaslikka undadi. Oradan bir soat o'tib yana fikrim o'zgardi. Keyin ketma-ket besh bokal pivo ichdim, boshim aylanib qoldi va oxiri baribir ketishga qaror qildim". (Avstraliya terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan bo'lishiga qaramay ishdan bo'shagan Ange Postekoglu qanday qilib ketishga qaror qilgani haqida)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика