So’nggi yangiliklar

12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  0 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0

Hafta iqtiboslari. Mashhur murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhur murabbiy va futbolchilardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan hafta Evropa va jahon matbuotida yangragan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Statistika hammasini aytib turibdi. U futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi. Krishtianu Ronaldu mashhurlik bobidan mendan o'zib ketdi, lekin xafa emasman, chunki o'z vaqtida men ham yaxshi faoliyat olib borganman". ("Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan portugaliyalik yulduz haqida)

- "Birinchi o'yin biz uchun finalga teng bo'ladi. Bu uchrashuv juda qiyin o'tadi, chunki men saralash o'yinlarida Eronni ko'rdim va ular yaxshi taassurot qoldirishdi. Agar shu bahsda g'alaba qozonsak, kelajak sari katta qadam tashlagan bo'lamiz. Guruhimizda shuningdek, Portugaliya bilan Ispaniya ham bor va ular buyuk jamoalar. Astoydil harakat qilsak, qaysidir jamoadan ochko ola olamiz". (Marokash terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mustafo Xadji JCH-2018 qura natijalari haqida) 

- "Biz 13 yilni birga o'tkazdik. U doim mashg'ulot paytida maydonga chiqib jarima to'plari va penaltilarni qanday tepishni bizga ko'rsatib berar, o'yinchilik paytida standart vaziyatlar ustasi ekanini og'zidan bol tomib gapirardi. "Arsenal" bilan bahsda men xato qildim, buni tan olaman, o'yindan keyin xo'jayin kiyim almashtirish xonasiga kirib o'z-o'zidan hammaga baqira ketdi. Men unga javob qaytargandek bo'ldim va shu zahoti men tomon butsi uchdi. Men o'shandayoq xo'jayin hazillashmayotganini tushunib etgandim". ("MYU" sobiq futbolchisi Devid Bekxem jamoaga ustozlik qilgan Aleks Fergyuson bilan o'zaro munosabatlari haqida) 

- "Biz Argentinani jiddiy qabul qilamiz. Biz Messiga qarshi o'ynashni xohlamaymiz, lekin bu - taqdir. Maydonga chiqib o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak, shunda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Islandiya Evropa chempionatida Angliyani mag'lub etgach, butun dunyo ko'rdi: futbolda oson o'yin yo'q. Balki biz ham Argentinaga qarshi sensaciya ko'rsatarmiz". (Nigeriyalik Viktor Mozes jahon chempionatida o'z terma jamoasidan nimalar kutayotgani haqida) 

- "Eden hali o'z faoliyatining cho'qqisiga chiqqani yo'q. U o'sishda davom etadi. Uning uchun eng muhimi ishlash, ishlash va yana ishlash. Futbolchi qachonki "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsagina o'zini cho'qqiga chiqqan deb hisoblashi mumkin. Yoki CHempionlar ligasida yoki jahon chempionatida g'olib bo'lishingga to'g'ri keladi. SHundagina o'zingni buyuk deya olasan". ("CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte shogiri Eden Azar o'z ustida hali ko'p ishlashi kerakligi haqida) 

- "To'p bilan qanday muomala qilayotganimizni ko'rib hamma bizga qarsak chaladi. Lekin maydon tashqarisida nimalar sodir bo'lishini ko'pchilik bilmaydi. Bazan o'zingni yolg'iz his qilasan. Albatta, iqtidorni Xudo beradi, lekin uni o'stirib borish o'z qo'lingda. Men kichkinaligimda ko'plab yaxshi futbolchilarni ko'rganman, ulardan Maradona chiqadi derdim. Ammo ko'plari katta futbolda o'ynab keta olishmadi. Hayot mana shunday beshafqat". ("Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Italiya nashrlaridan biriga bergan intevryusida yoshlikda ko'rgan-kechirganlari haqida) 

- "Biz 18 iyun kuni birinchi o'yinni o'tkazamiz, yana kimsan Angliyaga qarshi. Angliya bu yil ancha kuchaydi. Dele Alli, Xarri Keyn yaxshi o'ynab tursa, ularni to'xtatish oson bo'lmaydi. SHaxsan men uchun Keyn dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri. Bizda ham tarkib yaxshi, oramizda yoshlar ko'p. Jamoamning o'rtacha yoshi 26ni tashkil etyapti va bundan xursandman". (Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi Nabil Malul jahon chempionatida Angliyaga qarshi bo'ladigan o'yin haqida) 

- "Men o'g'lim bilan "Barsa"ning o'yinini ko'rgani kelganimga xursandman. O'g'lim endigina sakkiz yoshga to'ldi, u Messining ashaddiy ishqibozi. O'ylaymanki, o'g'lim uchun Messining harakatlarini stadionda kuzatish katta taassurot qoldirdi". ("Barselona" sobiq bosh murabbiyi Frank Raykaard "Nou Kamp" stadioniga o'g'lini olib kelgani haqida)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика