Gvardiola: "Madridga g'alaba uchun boramiz"
27 apr 2022 10:08
Yangiliklar
Gvardiola: "Madridga g'alaba uchun boramiz"
"Bu har ikki jamoa uchun ham fantastik bahs edi. Biz yaxshi o'ynadik. Afsuski, gollar o'tkazib yubordik va ko'proq gol ura olmadik. Ammo qarama-qarshilik ikkita o'yindan iborat va keyingisini bir haftadan so'ng o'tkazamiz.
Biz ajoyib jamoaga qarshi fantastik o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda ular o'yinga qayta olgan paytda vaziyatlar sovg'a qildik. CHunki asabiylashdik.
Gap finalga chiqish haqida ketmoqda va bunday holat futbolda bo'lib turadi. Biz Madridga ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun boramiz.
Futbolchilarga dam olishlari kerakligini aytaman. Hozir asosiysi - "Lids"ga qarshi o'yin, keyin esa Madridga g'alaba uchun boramiz. Har ikki jamoa ham hujumkor va sifatli futbol o'ynaydi. Karlo va uning jamoasini tabriklayman. O'z navbatida biz finalga chiqa olishimiz mumkinligini ko'rdik", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar