Gvardiola: "Har doim to'rt-beshtadan gol ura olmaymiz"
14 apr 2022 08:55
Yangiliklar
Gvardiola: "Har doim to'rt-beshtadan gol ura olmaymiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ular Ispaniya chempionlari va ikkinchi bo'limda bizdan ustunlik qilishdi. Gol o'tkazib yubormay, omadimiz keldi. Birinchi bo'limda esa bizda vaziyatlar bo'lgandi.
Biz yarim finaldamiz va bunga loyiqmiz.
Bu qiyin raqib edi. CHempionlar ligasida bu stadionga keladigan barcha jamoalar qiyinchilikka duch kelishadi.
Jarohatlar sabab muammolar yuzaga kelmoqda. Uch kun oldin o'ynab, bu erga etib kelganimiz va futbolchilar jarohat olganini unutmang. Endi nima bo'ladi, bilmayman. Ammo biz bugun uchinchi marotaba ECHL yarim finaliga chiqqanimizni bayram qilamiz.
Har doim 4-5 talab gol ura olmaymiz. Biz ham insonmiz, ayniqsa "Liverpul" bilan og'ir o'yindan so'ng", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar