Gvardiola: "Finalga chiqish uchun eng yaxshi ikki o'yinni o'tkazish kerak"
26 apr 2022 00:32
Yangiliklar
Gvardiola: "Finalga chiqish uchun eng yaxshi ikki o'yinni o'tkazish kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL yarim finali doirasida "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Biz bu turnirdan bir marta "Real"ni chiqarib yuborganmiz. Bosimga boy o'yinlar bo'lgandi. O'tgan yillar davomida chorak finallarda chiqib ketdik. Haqiqat shunday: biz so'nggi o'n yillik davomida ECHL uchun kurashyapmiz, guruh bosqichidan o'tamiz, yarim finalga kelamiz.
O'zimizga o'xshab, doimgidek kurashishimiz kerak. Ikki ideal o'yin ko'rsatish orqaligina finalga chiqish mumkin. "Real"ni hurmat qilamiz, ular juda ajoyib jamoa. Ushbu jamoaga qarshi bo'lishning o'zi katta sharaf.
Finalga chiqishni va musobaqada g'olib bo'lishni istaymiz. "Real", "Liverpul", "Vilyarreal" - biror jamoani pastroqqa qo'yib bo'lmaydi, hech qachon!", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar