Gvardiola "CHelsi" bosh murabbiyini maqtadi
05 avg 2024 15:30
Yangiliklar
Gvardiola "CHelsi" bosh murabbiyini maqtadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng hamkasbiga tarif berdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng "CHelsi"dagi hamkasbi Enco Mareskani maqtadi.
"Bugun men u nima qilmoqchi ekanligini ko'p ko'rdim. Uning ashaddiy muxlisiman va muvaffaqiyatga erishishisha ishonaman. "Stemford Brij"da natijaga erishish qiyinroq bo'ladi. U erda har doim qiyin. U "Lester"da ajoyib ish qildi va "CHelsi"da ham qoyilmaqom tarkib bilan shunday qiladi. Bu uning uchun yaxshi mavsum bo'ladi", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Enco Mareska 2022/23 yilgi mavsum "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar