Gvardiola Bobbi CHarlton haqida: "Angliyada afsonalar qadrlanishi juda yoqadi"
22 okt 2023 14:34
Yangiliklar
Gvardiola Bobbi CHarlton haqida: "Angliyada afsonalar qadrlanishi juda yoqadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya futboli afsonasi Bobbi CHarltonning vafoti haqida gapirdi.
"U faoliyatini yakunlaganida men tug'ilib bo'lgandim, demak, uning faoliyatining eng yaxshi onlarini ko'rganman. "Manchester Siti" oilasi nomidan "Manchester Yunayted" oilasiga, uning oilasiga, Angliya futboli oilasiga hamdardlik bildiraman. Bunday darajadagi futbolchi va shaxsiyat boshqa hech kimda bo'lmasa kerak.
Barchamiz uning oilasiga hamdardlik bildirdik. Navbatdagi turda "Old Trafford"ga boramiz va yana unga hurmat ko'rsatamiz. Bu davlatning juda ko'p jihatlarini yaxshi ko'raman, shulardan biri - afsonalarning qadrdanishi. Ular nafaqat klubning bir qismi bo'lishgan, balki, butun bir davlat uchun ham qadrli bo'lishgan", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar