So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

Gvardiola 5:0 ga qaramay, “Man Siti” futbolchilarini tanqid qildi Yangiliklar

Gvardiola 5:0 ga qaramay, “Man Siti” futbolchilarini tanqid qildi

ECHL 1/8 finalida “Manchester Siti” safarda “Sporting”ni tor-mor (5:0) etdi va chorak final masalasini deyarli hal qildi.

Uchrashuvdan keyin “shaharliklar” ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bazi futbolchilar odatdagidan ko'ra yomonroq o'ynashdi, to'pni oson yo'qotdik. SHu bilan birga bugun juda sovuqqon harakat qildik.

Dastlabki 7 daqiqalikda “Sporting” qanchalar yaxshi ekanini kuzatdik. Menga ishoning jamoalar o'rtasidagi farq 5:0 ga to'g'ri kelmaydi.

Futbolda bir qoida bor: to'p senda bo'lsa, uni yo'qotmaslikka harakat qil, ayniqsa, oson vaziyatlarda. Biz esa ko'p hollarda uni yo'qotdik. Bu Evropaning top jamoalariga qarshi o'yinlarda sodir bo'lsa, raqiblar qarshi hujumga o'tish imkoniga ega bo'ladi. Yanada kuchayishimiz lozim.

“Sporting” – fantastik jamoa, Portugaliya chempioni. Ular qanchalik yaxshi, ajoyib jamoaligidan xabardorman.

Juda xursandman deb ayta olaman, chunki keyingi bosqichga chiqish uchun katta qadam tashladik. Biroq, bu endigina birinchi o'yin. Qoyilmaqom natija, lekin chorak finalga yo'l olish uchun yana bir uchrashuvni o'tkazish kerak.

O'yinchilar ish uslubimni bilishadi. Yanada rivojlanib borishimiz zarur. Ishoning, juda xursandman, ammo bundan ham zo'rroq bo'lishga qodirmiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика