So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Gvardiola 11 yildan buyon ECHLni yuta olmaydi. Hammasiga afrikalik shamanlar aybdormi? Yangiliklar

Gvardiola 11 yildan buyon ECHLni yuta olmaydi. Hammasiga afrikalik shamanlar aybdormi?

Yaya Ture agentidan qiziq gaplar.

SHubhasiz, Xosep Gvardiola zamonaviy futbolda o'z o'rniga ega murabbiylardan biri. Uning hisobida ko'plab titullar bor, lekin klublar o'rtasidagi asosiy musobaqa — CHempionlar Ligasini oxirgi marta 2011 yil yutgan.

11 yil — kattagina vaqt oralig'i. Vaholanki, Gvardiola "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti" singari nomdor jamoalarda ishladi. Faqat bir marta, o'tgan mavsum, Xosep "shaharliklar" bilan ECHL finaligacha etib bora oldi. "Siti" o'sha bahsda favorit edi, lekin kutilmaganda "CHelsi"ga imkoniyatni boy berdi.



Bu omadsizliklarni biror fakt bilan izohlash, sabab sifatida keltirish mushkul. SHuning uchun, Xosep Gvardiolani afrikalik shamanlar lanatlagan degan fikr yuradi.


Bu haqida nimalar malum?

Oldin Yaya Ture qiziqishlarini himoya qilgan rossiyalik agent Dmitriy Selyuk bu haqida OAVda elon qildi. Selyukning so'zlariga qaraganda, Gvardiola Tureni qattiq ranjitgan, hozir esa barchasi unga "qaytmoqda".

Gvardiola va Turening yo'llari ikki bor kesishgan: "Barselona" va "Manchester Siti"da. Birinchi safar Pep ivuarlik futbolchini zaxira o'rindig'iga mixlab qo'ygan va undan yosh Serxio Busketsni ustun qo'ygan (2008-2009 yillar). SHu kabi voqealar 2010 yillarda ham takrorlangan, ammo bu gal Angliyada. Jamoa etakchisi bo'lgan Ture yana tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va "Siti"ni tark etishga majbur bo'ldi. Ketar chog'i Gvardiolani irqchilikda aybladi.

"Pep menga nisbatan keskin munosabatda bo'ldi. "Barselona" Inesta bilan shunday ish qila olgan bo'larmidi? O'ylanib qoldim: ehtimol bu terimning rangi bilan bog'liqdir? U qaerda ishlasa ham ko'p bor afrikaliklar bilan kelisha olmagan", — degandi Ture.

Gvardiolaning CHempionlar Ligasidan yana bir chiqib ketishi Selyukning etiborisiz qolmadi.

"2018 yil Yaya klubdan ketayotganida men Gvardiola birorta CHempionlar Ligasida g'alaba qozona olmasligini aytgandim. Men shaman emasman, albatta, biroq oxirgi daqiqada 1:0 hisobida yuta turib, keyin ikkita gol o'tkazib yuborsang — o'ylab ko'rish zarur", — deydi rossiyalik agent.

Selyukning so'zlariga qaraganda, "Manchester Siti" CHempionlar Ligasini faqatgina Yaya Ture jamoaning murabbiylar shtabiga kirsagina yuta olishi mumkin.



Gvardiola kimlarga va qanday yutqizib, musobaqani tark etgan?

Ha, lanatlash nazariyasining futbolga bevosita aloqasi yo'qdek, go'yo. Biroq Gvardiolaning CHempionlar Ligasidan bazi chiqib ketishlari o'ta g'alati bo'lgan. O'zingiz qarang:

• 2011/2012-mavsum — "Barselona" bilan "CHelsi"ga yarim finalda imkoniyat boy berilgan. "Barsa" ikki o'yinda 3ta gol o'tkazib yubordi, "aristokratlar" ularning barchasini qo'shimcha daqiqalarda urishdi (45+ va 90+ daqiqalar);
• 2013/2014-mavsum — "Bavariya" bilan "Real"ga (umumiy hisobda 0:5) imkoniyat boy berilgan, gollardan 4tasi o'z maydonida o'tkazib yuborilgan;
• 2014/2015-mavsum — "Bavariya" bilan "Barselona"ga yarim finalda imkoniyat boy berilgan — 3:5;
• 2015/2016-mavsum — "Bavariya" bilan yarim finalda "Atletiko"ga mag'lub bo'lgan. "Matraschilar" safardagi gol evaziga keyingi bosqichga chiqqan (umumiy hisob — 2:2);
• 2016/2017-mavsum — "Man Siti" bilan 1/8 finalda "Monako"ga imkoniyat boy berilgan, safardagi gol faktori barchasini hal qilgan (umumiy hisob — 6:6);
• 2017/2018-mavsum — "Man Siti" bilan 1/4 finalda "Liverpul"ga imkoniyat boy berilgan — 1:5;
• 2018/2019-mavsum — "Man Siti" bilan 1/4 finalda "Tottenxem"ga imkoniyat boy berilgan va yana safardagi gol faktori (umumiy hisob — 4:4);
• 2019/2020-mavsum — "Man Siti" bilan 1/4 finalda "Lion"ga imkoniyat boy berilgan (1:3), Mussa Dembele ikkita golni oxirgi daqiqalarda urib ketgan. "SHaharliklar" o'sha kuni darvoza tomon 18 marta zarba bergan, "Lion" esa — bor yo'g'i 7 ta.



O'tgan mavsum finalida "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyatni yodga olib ulgurdik, "Real"ga bu yil yarim finalda imkoniyat boy berilgani hali ko'pchilikning esidan chiqib ulgurmadi.


Afrikada futbol va shamanizm chambarchas bog'liq

Gvardiolaga "CHempionlar Ligasi lanati" yo'llangan bo'lishi variantini bitta oddiy sabab bilan butkul inkor etib bo'lmaydi: Afrika futbolida shamanlar, sehr-jodular bilan bog'liq misollar etarli. Afrika futbol konfederaciyasi XXI asr avvvalidayoq shamanlikka taqiq qo'ygan. Biroq hozirgacha klublar va bazi termalarda "maslahatchi" lavozimi va chiqimlar bo'yicha hisobotlarda shaman xizmatlari kiradigan "psixologik tayyorgarlik" degan qismi ham uchraydi. JARda o'tgan JCH-2010 oldidan FIFA rasman tashkilotchilarga o'yinlardan avval turli marosimlar o'tkazishga taqiq qo'ygan.

Agar aniq misollar haqida gapiradigan bo'lsak, 2006 yil aprel oyi Tanzaniya futbol Federaciyasi "Yanga" va "Simba" klublarini jazoladi, sababi ular shamanlarning qandaydir taqinchoqlarini futbol maydoniga ko'mib qo'yishgan. Eng yangi misol sifatida: Ruanda chempionati doirasidagi "MVS" va "Rayon Sports" uchrashuvi vaqtida mehmonlar forvardi raqib darvozasida nomalum jism borligini sezib qoladi. "MVS" futbolchilari uni to'xtatishga urinishiga qaramay, tumor zaxira o'rindig'iga "yo'l oldi".





Buning uchun "Rayon Sports" hujumchisi sariq kartochka ishlab oladi — hakam uning harakatlarini sport qoidalariga zid deb baholaydi. Ammo qizig'i forvard deyarli hech qancha vaqt o'tmay, gol urishni uddalaydi. Tasodifmi yoki o'sha nomalum tumor "MVS" darvozasini goldan himoya qilganmi, tushunarsiz...


Nikolay Egorichev championat.asia uchun maxsus

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика