Gus Xiddink Eto'O va Jirkov o'rtasidagi ziddiyatni qanday hal qilgandi? Yangiliklar

Gus Xiddink Eto'O va Jirkov o'rtasidagi ziddiyatni qanday hal qilgandi?

Bundan 10 yil muqaddam "Anji" futbol klubi Suleyman Kerimov tomonidan sotib olingan edi.

Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashri yorqin, ammo qisqa muddatli loyihaning taqdiri haqida material tayyorladi. Unda Mahachqala klubi bosh direktori jamoaning sobiq ustozi Gus Xiddink etakchi futbolchilar — Samyuel Eto'O hamda Yuriy Jirkov o'rtasidagi kelishmovchilikni qanday qilib hal etishgani haqida gapirib berdi:

"Eto'O va Jirkov o'rtasida ziddiyat paydo bo'ldi, ular deyarli urushib qolishgandi. Gus muammoni ajoyib tarzda hal qildi. U har 2 futbolchi bilan uchrashuv belgiladi. Bizdan esa faqat 3 kishi kira oladigan mehmonxonadagi eng kichik xonani topishni so'radi. Suhbat ertalab 10:00 ga rejalashtirilgan edi, ammo niderlandiyalik murabbiy xonaga 10:30 da kirib keldi. SHunda har 2 futbolchi bir ovozdan shunday dedi: "Janob, muhokama qilinadigan mavzu yo'q. Biz kelishib oldik".

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика