So’nggi yangiliklar

14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  1 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  27

G'ulom Haydar G'ulomov: "Maqsadimiz - Mikael Sekeyra qoldirgan uslubni yanada mukammal darajaga chiqarish" Yangiliklar

G'ulom Haydar G'ulomov: "Maqsadimiz - Mikael Sekeyra qoldirgan uslubni yanada mukammal darajaga chiqarish"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Denis Korostichenko boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Temiryo'lchilar" kecha poytaxtdagi TTYMI stadionida "Buxoro"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (0:0). Mazkur bahsdan so'ng "Lokomotiv"ning etakchi futbolchilaridan biri G'ulom Haydar G'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"U qadar katta o'zgarish yo'q. Denis Korostichenko ko'proq Evropa uslubini singdirishga harakat qilmoqda. Bir nechta top jamoalarning o'yinlarini ko'rib kerakli jihatlarini o'zlashtirishga urinyapmiz. Kamchiliklar bor albatta. Jamoa birdaniga shakllanib qolmaydi. Boshlanishi yomon emas. O'tgan mavsumda Mikael Sekeyra qo'l ostida o'ynagan uslubimiz ularda anchadan beri bor. Bizga esa endi kirib kelmoqda. Maqsadimiz mana shuni mukammal darajaga olib chiqish. 

Jamoada etakchilik? Bu - futbol. Mendan liderlikni kutganingiz bilan ertaga boshqa yosh futbolchi ushbu vazifani bajarishi ham mumkin. Misol uchun Kaxi Maxaradzeni ko'pchilik yoshi katta, deydi. Lekin maydonda bir nechta yosh futbolchidan katta hajmdagi ishni bajaradi. Maydonga tushish degani faqat yugurish emas. Aqlni ham ishlatish talab qilinadi. Mana shu jihatdan tajribali futbolchilar foyda keltiradi. Barchasi bir-biriga bog'liq. Yoshlar o'zlaridan kattalarga qarab o'rganadi",- deydi  G'ulom Haydar G'ulomov

 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика