So’nggi yangiliklar

17:30Про лига. "Арал" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  11 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  4 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   3 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4

G'ulom-Haydar Gulyamov: “Omad “Nasaf”ga kulib boqdi” Yangiliklar

G'ulom-Haydar Gulyamov: “Omad “Nasaf”ga kulib boqdi”

“SHo'rtan”-“Nasaf” uchrashuvidagi “Oq bo'rilar”ning yagona gol muallifi G'ulom-Haydar Gulyamov o'yindan keyin matbuot xodimlariga bergan intervyusida “Omad bugun raqibimizga kulib boqdi”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- O'yin jangovor ruhda o'tdi. Ammo bugun omad raqib jamoasiga kulib boqdi. “Nasaf” tarkibidagi futbolchilar jamoada bir necha yildan beri birga to'p surib kelishadi. SHu sabab, ular bir-birlarini tezda tushinishib, o'yinga kirishib ketishadi. Lekin bu bilan raqibimiz bugun bizdan kuchliroq o'ynadi, deb o'ylamayman. Uchrashuv yakunida etiborni biroz chetda qoldirdik va qarshiliklar bundan oqilona foydalanib qolishdi.

- O'yin  davomidagi to'liq ustunlikni ushlab turishga tarkibdagi o'zgarishlar tasir qildimi yoki bunga boshqa sabablarni ko'rsatgan bo'larmidingiz?


- Futbol jamoaviy o'yin. Zaxiradan tushgan futbolchilar yomon o'ynadi, deb aytolmayman. Ammo zaxiradan o'yinga tushgan futbolchi uchun kurashga kirishib ketish biroz qiyinroq kechadi. Bundan tashqari tarkibimizda aksariyat futbolchilar yangi. Tan olish kerak, bu borada raqibimizda muammolar kamroq. SHu sababli, bu kamchiligimizni to'g'irlash ustida ko'proq ishlashimiz kerak, deb o'ylayman.

- “Nasaf” jamoasi tig'iz tuzilgan o'yinlar jadvali sababli tarkibidagi o'yinchilar charchashgan va ochiq futbol namoyon qilishmadi, shu sababli “SHo'rtan” bugun faolroq ko'rindi, degan fikrlar bildirildi. Siz ham shunday, deb o'ylaysizmi?

- Bu haqida biror bir fikr bildira olmayman. Sababi raqib jamoaning ichki ahvoli faqatgina ularning o'zlariga ayon. Lekin bugungi o'yinda bu narsa sezilmadi. Uchrashuv “derbi”ga xos keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi va har ikki jamoa  futbolchilari harakatlarida charchoq sezildi, deb aytolmayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика