So’nggi yangiliklar

13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  1 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  0 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  17 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  7 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  13 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  38

Grigoriy Kolosovskiy: "Paxtakor" g'alaba uchun o'ynadi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Paxtakor" g'alaba uchun o'ynadi"

Teglar :  Paxtakor
"Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy ishtirok etdi.

"Bugun teng kuchli ikki jamoa o'ynadi. Ikkala jamoa ham durangdan qoniqmadi deb o'ylayman. OCHL o'yinidan so'ng ortga qaytish uchun bir sutka vaqtni ketkazdik. Yigitlarda biroz toliqish ham bo'ldi. Bugungi bir ochko oldik, demak ishlashda davom etamiz. Bugun "Paxtakor" g'alaba uchun o'ynadi", - deydi Kolosovskiy.

- Hakamlar borasida qanday fikr bildirasiz?

- Bir qator vaziyatlar bo'ldi. Lekin hakamlar haqida gapirmayman. Izohsiz qoldiraman.

- Anvar Solievni maydonga tushirdinglar. Unday holda No'mon Hasanov ham maydonga tushishi mumkinmi? Yoshlarga imkon berish kerak emasmi?

- Soliev mashg'ulotlar vaqtida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. SHu bois bizga gol kerak bo'lgani uchun uni maydonga tushurdik.

- Jamshid Iskanderovning o'rni bilinayapti...

- Iskanderov jamoaning asosiy futbolchisi. Uning yo'qligi albatta bizga qiyinchilik tug'dirmoqda.

- "Paxtakor" bugun juda qo'pol o'ynadi. Bunga qanday qaraysiz?

- Bu sizning fikringiz. Menimcha qo'pol o'yin bo'lmadi. Sariq kartochka ko'rsatilgan vaziyatlarda ham u qadar qo'pol o'ynalmagandi.

- Nikita Ribkinga raqobatchi bormi? Uni ayblamayapman, shunchaki unga o'rinbosar bormi?

- Bu O'zbekistonning muammosi. Olimpiya terma jamoasida ham oliy ligada o'ynagan darvozabon yo'q edi. Ribkin mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda. SHu bois ayni paytda jamoamizning asosiy posboni hisoblanadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика