So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  5 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

“Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti: “Jamoamiz ko'rsatgan o'yin bilan faxrlanaman” Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti: “Jamoamiz ko'rsatgan o'yin bilan faxrlanaman”

“Nasaf” – “Qo'qon” (2-1) uchrashuvidan so'ng, “Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov klub matbuot xizmati uchun Qarshidagi o'yin borasidagi fikrlarini bayon qildi.

-Bugun Qarshidagi “markaziy” stadionda haqiqiy jang bo'ldi deyishim mumkin. Jamoamiz futbolchilari so'nggi daqiqalardagi omadsizlik tufayli mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar ham , men u lar bilan faxrlanaman. Murabbiylarimiz boshchiligida futbolchilarimiz bugungi o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelishgan edi. O'yinning birinchi taymi biroz mezbonlarning ustunligida o'tdi. Lekin ikkinchi bo'lim to'lig'icha bizniki bo'ldi deya olaman. Bugun Qarshidan tarixiy g'alaba bilan qaytishimiz mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda omad ochiqchasiga bizdan yuz o'girdi. O'yin davomida jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov hamda darvozabonimiz Muzaffar Abdullaevlar barchaga o'rnak bo'lishdi. Umuman olganda bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga o'zimning katta minnatdorchiligimni bildiraman. SHuningdek uzoq masofani bosib, stadionda jamoamizni qo'llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytaman. Jamoamiz har bir o'yinda jangovor futbol namoyish qilmoqda. O'ylaymanki bu o'yin bilan futbolchilarimiz bemalol har qanday raqib ustidan g'alaba qozona oladilar. Keyingi turlarda muxlislarimizga uzoq kutilgan g'alabalarni taqdim qilishimizga ishonaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика