Golovin – so'nggi 9 yilda top-5 ligalarda xet-trik qayd etgan 1-rossiyalik Yangiliklar

Golovin – so'nggi 9 yilda top-5 ligalarda xet-trik qayd etgan 1-rossiyalik

"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin "Nim" (4:3) bilan o'yinda 3 ta gol urdi.

Bu rossiyalik futbolchilar tomonidan oxirgi 9 yilda Evropaning top-5 ligalarida qayd etilgan birinchi xet-trik hisoblanadi. So'nggi bor bunday natijaga "Fulxem" hujumchisi Pavel Pogrebnyak erishgan edi. U 2012 yilning 4 mart kuni "Vulverxempton" (5:0) darvozasiga 3 bor yo'l topishni uddalagan.

Golovinga qadar "Monako" futbolchilari orasidan Franciya chempionati 3 ta gol urgan so'nggi futbolchi Radamel Falkao (2017) bo'lib turgan edi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика