So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Giorgos Donis: "Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman" Yangiliklar

Giorgos Donis: "Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman"

"Lokomotiv" hamda "Al-Hilol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaniga dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Giorgos Donis tashrif buyurdi.
U bilan birga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Tiago Neves matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi g'alaba bizga kerak edi. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. Futbolchilarni tabriklayman. Endi erkin nafas olishimiz mumkin. Jamoada muammolar bor edi. Ammo shunga qaramay g'alabaga erisha oldik", - deydi Donis.

"Murabbiy aytganidek natija biz uchun muhim edi. Jamoa endi keyingi o'yinlarga bemalol tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi Tiago Neves.

- Bugungi o'yinda bir qator vaziyatlarda futbolchilaringiz hakamga juda ham qo'pol tarzda etiroz bildirishdi. Jamoa sardoringiz boshqalarga o'rnak bo'lishi kerak emasmi. Hakam bir necha vaziyatda ularni ayadi.
- Futbolda yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashadi. Hayajon bo'ladi, biz o'yindan oldin futbolchilarga tartibli bo'lishlarini tayinlaymiz. Lekin doim ham siz kutgan narsa sodir bo'lavermaydi.

- Sobiq futbolchi sifatida hakamning harakatlariga qanday baho berasiz?

- Hakam bugun yaxshi ishladi. Futbolchilar maydonda keskin o'ynashdi. Hakamlar ham o'z ishlarini qilishdi.

- Bugun futbolchilaringiz juda qiyin to'plarni ham qabul qilishda mahorat ko'rsatishdi. Buni arab maktablarida o'rgatishadimi yoki evropalik murabbiylar buni olib kirishmoqdami?

- Saudiya Arabistonida ish boshlaganimga 7 hafta bo'ldi. SHu bois javob berishim qiyin. Ammo murabbiy har qancha mahoratli bo'lmasin tezda futbolchilarning texnik, taktik mahoratlarini oshirib yubora olmaydi. Bunda klubdagi barcha xodimlarning mehnati yotibdi, natijasi esa tabloda...

- Bugun "Lokomotiv"ning qaysi chizig'ini kuchli baholaysiz?
- Malum bir chiziqni ustun deya olmayman. "Lokomotiv"ning o'yinlarini kuzatdim, jamoaning o'yini o'sib bordi. Barcha futbolchilar teng harakat qilishdi.

- Bugun Tiago Nevesning jarohati bordek tuyuldi, uni maydonga tushirib tavakkal qilmadingizmi?
- Undan tashqari Digao va Salim Al Davsarida ham jarohat bor edi. Men shifokorlardan futbolchining holatini so'rayman, agar tayyor deyishsa ularga imkon beramiz. Bugun ham shunday bo'ldi.

- "Al Hilol" guruhdan chiqib bo'ldi. Keyingi o'yinlarda ham asosiy va jangovor tarkib tushadimi yoki ikkinchi tarkib futbolchilariga imkon berasizmi?

- Hozirdan keyingi o'yin uchun qaysi tarkib bo'lishini bilmayman. Lekin "Al Sadd" bilan bahsda ham kuchli futbolchilar o'ynashadi.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика