So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  4 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  28 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

"G'ijduvon"ning o'rtoqlik bellashuvlari va transferlari haqida Yangiliklar

"G'ijduvon"ning o'rtoqlik bellashuvlari va transferlari haqida

O'tgan mavsumni Birinchi ligada muvaffaqiyatli o'tkazgan “G'ijduvon” klubi Pro liganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik olib bordi.

Bahodir SHaymardonov shogirdlari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini G'ijduvon hamda Toshkentda o'tkazishdi. Poytaxtdagi yig'in mobaynida nazorat uchrashuvlariga katta etibor qaratildi. Unda Pro-liga va birinchi liga jamoalariga qarshi sinov-nazorat o'yinlari tashkil qilindi. 

O'rtoqlik bahslari ro'yxati:

“G'ijduvon” – “Yangier”  - 1:1

“G'ijduvon” – “Buxoro”  - 3:2

“G'ijduvon” – “Xorazm” – 2:2 

“G'ijduvon” – “Do'stlik” – 4:0

“G'ijduvon” – “Lokomotiv BFK” – 7:2

"G'ijduvon" - "Qizilqum-FARM” - 2:0

"G'ijduvon" - "Qizilqum" U-21 - 3:1

"G'ijduvon" - "Mashal" - 1:1

Murabbiylar shtabi o'tgan mavsum tarkibini saqlab qolish va ayrim chiziqlarni kuchaytirishga etibor berdi. O'tgan mavsumda "G'ijduvon" sharafini himoya qilgan ko'plab futbolchilar klubni tark etishdi. Ularning o'rniga yangilar taklif etildi.  

SHuningdek, jamoaga Akrom Bahromov, Islom SHodmonov, Jahongir Ismoilov, Sanjar Barotov, Sardor Sulaymonov, Nodir Ibragimov, Solibek Karimov, Raim Obidov, Ulugbek Xudoyberdiev, Islom Ismoilov, Begzod Komilov kelib qo'shildi. Xususan, 1998 yilda tug'ilgan kamerunlik futbolchi Rikardu bilan ham shartnoma imzolandi.

SHu bilan birga, “G'ijduvon” klubi 9 futbolchi bilan xayrlashdi — Durbek Kamalov, Javohir Komilov, Maqsud Mahmudov, Bekzod Fayziev, Abbos Ikromov, Asilbek Mirzayorov, Diyor Ashurov, Nodir Yo'ldoshev, SHerzod Kodirov.

Eslatib o'tamiz, “G'ijduvon” 5 mart kuni Pro liga dastlabki turida mehmonda “Yangier-Quruvchi”ga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика