So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"G'ijduvon" klubi 20 million so'm jarimaga tortildi Yangiliklar

"G'ijduvon" klubi 20 million so'm jarimaga tortildi

Teglar :  G'ijduvon
Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 2-qism 5.37 bandini bir necha bor buzganligi uchun “G'ijduvon” futbol klubi 20.000.000 (yigirma million) so'm miqdorida jarimaga tortildi.

O'zbekiston chempionati Pro-Ligasining 21-turidagi “G'ijduvon” – “Iftixor”, 20-turidagi “Labsa” – “G'ijduvon” va 19-turidagi “G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK” urashuvlarida Musobaqalar reglamentining “Ishtirokchilar va musobaqalar o'tkazish tartibi” bo'limida ko'rsatilgan 4.20 band qo'pol ravishda buzib kelingani aniqlandi. Unga ko'ra, Buxoro viloyatining “G'ijduvon” jamoasi vakillari uchrashuv rasmiy qaydnomasiga kiritilmagan shaxs – T.Aslanovning stadion texnik xududidan joy olishiga ongli ravishda yo'l qo'yib kelgan. Kuzatuv va surishtiruvlar shuni ko'rsatdiki, T.Aslanov texnik xududdan joy olibgina qolmay, o'yinlar davomida futbolchilarga ko'rsatmalar ham berib kelgan, qo'shimchasiga, jamoa natijasiga bevosita tasir o'tkazishga harakat qilgan.

SHu munosabat bilan, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 2-qism 5.37 bandini bir necha bor buzganligi uchun “G'ijduvon” futbol klubi 20.000.000 (yigirma million) so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Uchrashuv rasmiy qaydnomasini to'ldirish hamda uni nazorat qilishda etiborsizlikka yo'l qo'yib, texnik xududda qaydnomada ko'rsatilmagan shaxsni joylashib olishiga imkoniyat yaratib bergani uchun “G'ijduvon” ishtirokidagi 19, 20 va 21-tur uchrashuvlarida zaxira hakami, uchrashuv nazoratchisi va komissari sifatida faoliyat yuritgan xodimlar jiddiy ogohlantirildi.

Musobaqalar o'tkazish tartibini bila turib, uni buzib kelgani uchun T.Aslanovning Superliga va Pro-Liga klublarida 2018 yilgi mavsum oxiriga qadar faoliyat olib borishi man etiladi. Vaziyat yaxshilanmasa, Aslanovni futbolga aloqador har qanday faoliyatdan chetlashtirish masalasini so'rab O'zPFL O'FA Ijroiya qo'mitasiga murojaat qiladi.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика