So’nggi yangiliklar

23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   0 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  10 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  166 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  51 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  5 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi "Paxtakor"ga o'tishi mumkin. Gap kim haqida bormoqda? Yangiliklar

Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi "Paxtakor"ga o'tishi mumkin. Gap kim haqida bormoqda?

Sizga "Paxtakor"ning yangi futbolchisi haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlarni ulashamiz.

"Paxtakor" yozgi transfer kampaniyasini davom ettirmoqda. Bu gal amaldagi mamlakat chempioni Germaniyada tug'ilgan va futbol talimini shu erda olgan yarim himoyachi Kimi Merk bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.


Kimi Merk rasmiy malumotlarga ko'ra, 40 ming kishi istiqomat qiluvchi Pirmazens shahrida tug'ilgan. SHahar Reynland-Pfalc nomini olgan hududda joylashgan. SHuningdek, mashhur futbol shaharlari – Kayzerslautern va Maync ham shu erda.

Kimining akasi bor, u ham professional futbol o'ynaydi. Ularning otasi Qirg'iz Respublikasida tug'ilgan, shuning uchun ikkala o'g'li ham Qirg'iziston fuqaroligini qabul qilib, ushbu mamlakat terma jamoalarida o'ynashmoqda. Agar "Paxtakor" Kimi bilan shartnoma imzolasa, u O'zbekiston chempionatidagi "5+1" ko'rinishidagi Osiyo mamlakatlari futbolchilari limitini band qiladi. 



Kimi Merk 8 yoshida "Kayzerslautern" bolalar jamoasidan taklif olgan. So'nggi bir necha yil davomida "Kayzerslautern" U-17 va U-19 jamoalarida to'p tepgan, u erda "Xoffenxaym", "Maync", "Frayburg", "SHtutgart" va "Bavariya" akademiyalari tarbiyalanuvchilariga qarshi o'ynagan. Bundesliganing yoshlar birinchiligida (Janubiy/Janubi-G'arbiy hudud) Merk o'tgan mavsumda 13 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

2023 yil mart oyida Merk yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etgan Qirg'iziston U-20 terma jamoasidan chaqiruv oldi. Kimi doim asosiy tarkibda maydonga tushdi, Xitoyga qarshi bahsda esa golli uzatma berdi. Qirg'iz Respublikasi bor-yo'g'i 1 ochko jamg'arib, musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.



Poziciyasiga ko'ra, Merk hujumkor yarim himoyachi, ammo u hujumning qanotlarida ham o'ynay oladi. Yaqinda u 19 yoshga to'ldi. Merkning kuchli tomonlari – to'pga egalik qilish, kombinacion futbol o'ynash va maydonni ko'ra olish. U-20 Osiyo Kubogida u Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi etakchilaridan biri bo'ldi, jamoani boshqardi va tez-tez aqlli paslarga mualliflik qildi.

Kimi Osiyo Kubogi U-20dan so'ng Qirg'iziston U-23 terma jamoasida o'ynadi, shundan so'ng yosh bo'lishiga qaramay (o'sha paytda atigi 18 yoshda edi), mamlakatning asosiy terma jamoasiga jalb etildi.

Bahorda Kimi germaniyalik futbol blogeri freekickerz dasturida suratga tushdi va u erda jarima zarbalarini tepish bo'yicha bellashdi. Agar siz ushbu videoni tomosha qilishni istasangiz, sizga avtomatik subtitrlarni yoqishingizni maslahat beramiz.



Evropa top-darajasidagi futbol talimini olgan yosh futbolchilar O'zbekistonga tez-tez kelmasligini inobatga olsak, Merkning "Paxtakor" tarkibidagi o'yinlarini ko'rish qiziq bo'ladi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика