So’nggi yangiliklar

10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион эвро тўлашга тайёр  0 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  0 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  8 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  3 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  65 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2

Germaniyalik hakam "Borussiya" D sovrindan mosuvo qilishi mumkin bo'lgan xatoga yo'l qo'yganini tan oldi Yangiliklar

Germaniyalik hakam "Borussiya" D sovrindan mosuvo qilishi mumkin bo'lgan xatoga yo'l qo'yganini tan oldi

Ayni damda Dortmundning "Borussiya"si chempionlik uchun kurashmoqda.

Biroq jamoa 30-turda "Boxum" maydonida muhim ochkolarni boy berdi. Ushbu uchrashuvni boshqargan hakam Sasha SHtegemann dortmundliklar foydasiga penalti belgilanishi kerak bo'lganini va o'sha vaziyatda xato qilganini tan oldi.

"Vaziyatni boshqatdan ko'rib chiqdim. Adeyemi bilan bo'lgan vaziyat penalti edi. Maydonda vaziyatni to'liqligicha ko'ra olmadim. Himoyachi katta tezlik bilan harakat qilib kelayotgandi. Adeyemi birinchi bo'lib oyog'ini qo'yganiga ishonchim komil edi. Albatta, videoassistent bunga qarab chiqdi va bunga baho berdi. O'shanda u ham men xato qilmaganimni aytdi. Tavsiya sababli vaziyatni ko'rib chiqmagandim.

Monitorga borishim mumkinmidi? Ha, agarda o'zimga shubxa qilganimda. Maydonda unday bo'lmadi. Agarda vaqtni ortga qaytarganimizda, albatta, vaziyatni o'zim monitorga borib ko'rardim. Doimo eng to'g'ri qarorni chiqarishni istayman. O'zimdan jaxlim chiqib ketdi. Menga ham yoqimli bo'lmayapti. O'sha kuni juda-juda qisqa tunni o'tkazgandek bo'ldim", - dedi SHtegemann.

Ushbu durang ortidan "Borussiya" D peshqadamlik va chempionlikni boy berishi mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика