Germaniyada o'yin irqchilik mojarosi tufayli to'xtatildi - bu holat mamlakatda ilk marta sodir bo'ldi
20 dek 2021 00:51
Yangiliklar
Germaniyada o'yin irqchilik mojarosi tufayli to'xtatildi - bu holat mamlakatda ilk marta sodir bo'ldi
Germaniyadagi uchinchi divizion Bundesliga doirasidagi "Duysburg" – "Osnabryuk" bahsi janjal bilan yakunlandi.
Birinchi bo'limning 36-daqiqasida har ikki jamoa kiyim almashtirish xonasiga yo'l olishdi va o'yin davom ettirilmadi.
Voqeaga tribunadagi muxlislarning o'zini tutishi sabab bo'ldi, ular mehmonlar futbolchisi Aaron Opokani irqchilik asosida haqoratlay boshladi. Natijada boshqa futbolchilar norozilik sifatida o'yinni davom ettirishdan bosh tortdilar.
"Duysburg" va uning muxlislariga qanday jazo tayinlanishi hozircha malum emas. Manbaning xabariga ko'ra, liga rahbariyati zudlik bilan tekshiruv ishlarini boshlaydi. SHuningdek, bu hodisa mamlakatdagi professional musobaqalar doirasida birinchi marta sodir bo'lgani qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar