Germaniyadagi stadion maysasi ostidan 2-jahon urushidagi bomba topildi
29 may 23:40
Yangiliklar
Germaniyadagi stadion maysasi ostidan 2-jahon urushidagi bomba topildi
Germaniya 3-ligasida ishtirok etuvchi "Duysburg" klubi maydonidan ikkinchi jahon urishi davridagi bomba olib tashlandi.
Dastlabki shubhalar bir necha hafta oldin paydo bo'lgandi. Bunga drenaj tizimida nosozlik kelib chiqishi sabab bo'lgan.
Seshanba kuni "Duysburg" futbol stadionida maysazor ostida yotgan ikkinchi jahon urushi davridagi bomba zararsizlantirildi.
Arenada olib borilgan qidiruv ishlari davomida ertalab besh yuz futli ingliz bombasi topildi va tushlik paytida muvaffaqiyatli zararsizlantirildi.
Portlovchi moddalarni yo'q qilish xizmati chora ko'rishdan oldin portlamagan bomba atrofidagi 300 metr radiusda istiqomat qiluvchi aholini evakuaciya qildi.
Uchinchi divizionda ishtirok etayotgan klub stadioni qurilganiga 20 yil bo'ldi.
Fikrlar