So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Gennadiy Kochnev: "Yana omadimiz kelib, g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "Yana omadimiz kelib, g'alabaga erishdik"

Pro-liganing 8-turi doirasida "Aral" mag'lub etilganidan keyin "G'ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin, og'ir bahs bo'ldi. To'g'risini aytsam, durangga ham tayyor turgandim. Yigitlar harakat qilishdi, bor kuchi bilan mehnat qilishdi va g'alabani ilib keta olishdi. Bugun zaxiradan tushganlar o'yinni yaxshilay olishdi. Jamoada bir qancha yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Futbolchilardan mamnunman, ular yaxshi harakat qilishdi va kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Yoqimli bayram bo'ldi. SHu sababli muxlislarni, klub rahbariyatini g'alaba bilan tabriklayman. Barchasidan mamnunman.

- Bu g'alaba navbatdagi o'yinga ishtiyoq bera oladimi?

- Albatta. CHunki biz so'nggi pog'onadan ko'tarildik. Albatta, ishtiyoq taqdim qiladi. Bugun biz uchun muhim o'yin edi. Yigitlarning harakatlaridan qoniqish hosil qildim.

- O'tgan o'yindagi matbuot anjumanida muammolar haqida gapirgandingiz. Bu muammolar hal bo'ldimi?

- Yo'q, bu hali jarayonda. Kutyapmiz. 

- Yozda tarkibga qo'shib olinadigan futbolchilarni ro'yxat qilib oldingizmi?

- Hozircha holatimiz bunga yo'l qo'ymayapti. Bizda short-list yo'q. Ishlar hal bo'lganidan keyin birga o'tirib, o'ylaymiz. Agarda holat o'tgan yilgidek bo'lsa, balki, ishlar yaxshiroq bo'lishi mumkin.

- Birinchi bo'limda Bobur Amanov hujumda o'ynadi. 

- Bu borada o'tgan yili gapirganman. 2010 yili "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lganimda, biz birinchi ligada edik, Bobur esa mening hujumchim bo'lgan. O'shanda u bir mavsumda 11ta gol urgan. Keyinchalik himoyaga o'tgandi. Murabbiylar bilan birgalikda uning to'pni ushlab tura olishini inobatga oldik. U jarohatidan keyin endi tiklanish jarayonini boshdan kechiryapti. 

- "G'ijduvon"ga g'alaba uchun nimalar etishmayapti?

- Jamoaga etibor etishmayapti. Agarda ishlar boshqacha ketsa, yaxshiroq etibor qarata olishsa, normal darajadagi mashg'ulot jarayoniga imkon berishsa, yigitlarda kuch ham paydo bo'ladi va barchasi boshqacha bo'ladi. 

- "Aral"ning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Juda yaxshi jamoa. Ularning bugun tezkor o'yin ko'rsatishini kutgandik. Og'ir o'yin o'tkazdik va yana omadimiz keldi. Omad sababli so'nggi daqiqada g'alaba golini urdik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика