So’nggi yangiliklar

Gallas "Arsenal"ning kamchiliklarini aytdi Yangiliklar

Gallas "Arsenal"ning kamchiliklarini aytdi

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Vilyam Gallas jamoaning ayni paytdagi kamchiliklarini aytdi.

"Arsenal" "Manchester Siti" kabi raqiblarni mag'lub qilishi mumkin, biroq ularning miyasida boshqa raqiblarga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotish xavfi bo'ladi. "Nyukasl"ga qarshi o'yin shular jumlasidan. Ayni damdagi "Nyukasl"ga qarshi o'ynash juda qiyinligini bilamiz, biroq "Arsenal" o'sha o'yinda 3 ochko bilan ortga qaytishi kerak edi.

Xarakterli jamoa va xaraktersiz jamoa shu bilan farq qiladi. "Manchester Siti"da kuchli xarakter bor, buni "Manchester Yunayted" va "SHeffild Yunayted"ga qarshi o'yinlarda ko'rdik.

Premer-liga chempionligini qo'lga kiritish uchun esa shunga mos jamoa ham bo'lishi kerak. Sizga to'g'ri tanlangan himoyachilar va hujumchilar darkor. "Arsenal"ning jamoasi ham yaxshi, biroq ularni qiyin holatdan olib chiqib keta oladigan futbolchilar kerak. Ayni paytda ularda bunday futbolchi yo'q", - dedi Gallas.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика