So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Gabi - "Paxtakor", ECHLdagi ikkita final va Qatardagi faoliyat haqida Yangiliklar

Gabi - "Paxtakor", ECHLdagi ikkita final va Qatardagi faoliyat haqida

Teglar :  Al SaddGabi
Ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan "Al Sadd" klubida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Gabi bilan qisqa intervyu tashkil etdik.


- Ispaniyadan keyin Qatarda o'ynash qanday bo'lmoqda?
- Barchasi ajoyib. SHaroitlar yaxshi, faqatgina Qatarda ob-havo issiqroq va futbol o'ynash Ispaniyadagiga nisbatan qiyinroq.

- "Paxtakor" bilan uchrashuvdan nima kutayapsiz?
- "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Bo'lajak bahs qiyin, qiziqarli va shiddatli o'tadi.



- Siz ikki marta Evropa chempionlar ligasi finalida o'ynagansiz. Taassurotlaringiz qanday bo'lgan?

- Ushbu musobaqa finalida o'ynash ajoyib edi. Hissiyotlar yuqori darajada. Lissabondagi finalda teng o'yin bo'lgandi, so'nggi burchak to'pini o'tkazib yuborganmiz va mag'lub bo'lgandik. Milandagi finalda ham qiziqarli bahs bo'lgandi, ammo penaltilar seriyasida bizning omadimiz kelmagandi xolos.

- Bu mavsum sobiq klubingiz "Atletiko" ECHL nimchorak finalida ilk o'yindagi 2:0 hisobidan keyin ham "Yuventus" to'sig'idan o'ta olmadi. Buni qanday izohlash mumkin?

- O'sha o'yinni ko'rdim. Bilasizmi bu savolingizga "Yuventus"ga qarshi Turinda o'ynash juda ham og'ir deb javob bergan bo'lardim.

- Jamoa hujumchisi Bog'dod Bunedja haqida fikringiz qanday?

- Bog'dod Bunedja yaxshi futbolchi va ajoyib to'purar. Deyarli har bir o'yinda gol uradi va "Al Sadd"ga natija keltiradi.

Behzod Nazarov suhbatlashdi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика