So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Futzalchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi Yangiliklar

Futzalchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi

Xabaringiz bor, shu yilning 1 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Dubayda Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgandi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar O'zbekiston va BAA futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmalari o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlash orqali o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari orasida futbolni yanada ommalashtirish uchun amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida suhbat olib borib, uchrashuv yakunida O'FF va BAA Futbol Uyushmasi o'rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolangandi.

Ana shu memorandum asosida O'zbekiston va BAA futzal terma jamoalari o'rtasida SHarja shahrida ikkita o'rtoqlik o'yinlari tashkil etildi. Bahodir Axmedov shogirdlari bu o'yinlarda 5:4 va 4:0 hisoblarida g'alaba qozonishdi. Bugun, 4 noyabr kuni futzalchilarimiz poytaxtimizga qaytib kelishdi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tgan OCH saralash bosqichi A guruhida 1-o'rinni egallab, Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Futzal bo'yicha qita birinchiligi 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyida bo'lib o'tadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика