Futzal. Vetnam-2014. Yaponiya - Tailand uchrashuvi oldidan
06 may 2014 14:19
Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. Yaponiya - Tailand uchrashuvi oldidan
SHu kunlarda Vetnamning Xo SHi Min shahrida o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining guruh bosqichi o'yinlariga 5 may kuni yakun yasaldi.
Ushbu bosqich yakunlariga ko'ra, chorak finalga “A” guruhidan Quvayt va Vetnam, “V” guruhidan Eron va Avstraliya, “S” guruhidan Tailand va Livan hamda “D” guruhidan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari yo'l olishdi.
7 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final bosqichida Quvayt – Avstraliya, Tailand – Yaponiya, Eron – Vetnam va O'zbekiston – Livan uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvlardan bir kun oldin, chorak finalda ishtirok etadigan barcha terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Quyida Tailand va Yaponiya terma jamoalari bosh murabbiylari bildirib o'tgan fikrlar keltirilgan:
Viktor Xermans (Gollandiya) – Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Biz chorak finalga yo'l olganimizdan judayam baxtiyormiz, ammo raqibimiz Yaponiya bo'lganidan hafamiz. Bu jamoaga qarshi to'p surish nihoyatda qiyin. Ikki yil oldin Dubayda bo'lib o'tgan final uchrashuvida biz aynan Yaponiyaga mag'lub bo'lganmiz. O'sha o'yindagi hisobni eslatishni hojati yo'q deb o'ylayman (Yaponiya 6:1 hisobida g'alaba qozongan). Nima bo'lganda ham, uchrashuv biz uchun qiyin kechadi bunga ishonchim komil. Albatta, bu safar Yaponiyadan o'ch olishga harakat qilamiz. SHogirdlarim buni juda istashadi.
Migel Rodrigo – Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Yaponiya terma jamoasi Tailandga qarshi yana bir final uchrashuvini o'tkazish uchun tayyor. Jamoalar bir xil saviyadagi o'yinni ko'rsatishadi. Ertaga, taktik va fizik jihatdan kuchliroq bo'lgan terma jamoa g'alaba qozonadi. Albatta omad ham ko'p narsani xal qila oladi. Biz Dubaydagi final uchrashuvining natijasini unutganmiz. Bu tarihda qoldi va bizga qarshi umuman boshqa Tailand maydonga tushishini yaxshi bilamiz. O'ylashimcha, muxlislar judayam qiziq o'yin guvohiga aylanishadi.

Fikrlar