Futzal. Vetnam-2014. Quvayt - Avstraliya uchrashuvi oldidan
06 may 2014 13:56
Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. Quvayt - Avstraliya uchrashuvi oldidan
SHu kunlarda Vetnamning Xo SHi Min shahrida o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining guruh bosqichi o'yinlariga 5 may kuni yakun yasaldi.
Ushbu bosqich yakunlariga ko'ra, chorak finalga “A” guruhidan Quvayt va Vetnam, “V” guruhidan Eron va Avstraliya, “S” guruhidan Tailand va Livan hamda “D” guruhidan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari yo'l olishdi.
7 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final bosqichida Quvayt – Avstraliya, Tailand – Yaponiya, Eron – Vetnam va O'zbekiston – Livan uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvlardan bir kun oldin, chorak finalda ishtirok etadigan barcha terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Quyida Quvayt va Avstraliya terma jamoalari bosh murabbiylari bildirib o'tgan fikrlar keltirilgan:
Luis Fonseka (Ispaniya) – Quvayt terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Quvayt judayam kichik mamlakat hisoblanadi. Bizni hatto xaritada topish ham mushkul. SHu sababdan, Osiyoning eng kuchli jamoalari qatoriga kirganimizdan g'ururlanamiz. CHorak finalda bizga Avstraliya raqiblik qiladi. Ushbu jamoa yildan yilga o'z o'yinini kuchaytirib bormoqda. Avstraliya bilan bundan oldin ham o'ynaganmiz. Jamoa bizga yaxshi tanish. Bo'lajak o'yinga rejalarni tuzib chiqib, yarim finalga chiqishga harakat qilamiz.
Stiven Nayt – Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Bizning musobaqadagi asosiy vazifamiz guruhdan chiqish edi. Vazifani uddaladik va bundan judayam hursadmiz. Endi, chorak finalda Quvayt terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishni istaymiz. O'yindan oldin imkoniyatlarimiz teng deb baholagan bo'lardim. Quvayt Osiyo futzali elitasiga kirib bo'lgan jamoa. Uni judayam kuchli murabbiyi bor. SHu sababdan, bizga oson bo'lmasligini bilamiz, ammo raqibga bor imkoniyatimizni ishga solib qarshilik ko'rsatmoqchimiz.

Fikrlar