So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston Yaponiyani mag'lub etdi Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston Yaponiyani mag'lub etdi

Vetnamda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2-turida O'zbekiston terma jamoasi Osiyoning amaldagi g'olibi Yaponiyaga qarshi parketga tushdi.
"D" guruhi, 2-tur
O'zbekiston - Yaponiya
2:1
Gollar: Andrey SHlema 10, Artur Yunusov 40 - Nishitani Riosuke 9

O'zbekiston: (boshlang'ich tarkib) 1.Rustam Umarov, 2.Umid Xolmatov, 4.SHuhrat Tojiboev, 8.Farxod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov .

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Davron Abdurahmonov, 7.Dilshod Raxmatov, 9.Andrey SHlema, 13.Davron CHoriev, 14.Azam Saidaxmatov, 12.Klim Tyugaev, 15.Jasur Sodiqov.

Yaponiya: (boshlang'ich tarkib) Kavahara Hisamitsu, Akira Minamoto, Nibuya Kazuhiro, Hoshi SHota, Nishitani Riosuke.

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: Nakamura Yusuke, Uchimura SHunta, Osodo Nobuya, Takita Manabu, Kaoro, Vatanabe Tomoaki, Yoshikava Tomoki.

Ogohlantirishlar:
Jasur Sodiqov 4, Artur Yunusov 36, Klim Tyugaev 40, Azam Saidaxmatov 40.


Matnli translyaciya


Uchrashuv yakunlandi, shunday qilib O'zbekiston amaldagi Osiyo chempionini taslim qildi.

40' Goooooollllll, Artur Yunusov jamoamizni oldinga olib chiqdi.

24' O'yin tempi biroz tushdi, parketda teng kurash kechmoqda.

21' Umarov darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi.

16' Ehhh, Dilshod Raxmatovning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

14' Aynan shu daqiqada hisobda oldinga chiqib olishimiz mumkin edi, ammo himoyachi Artur Yunusovga to'p kiritishga imkon bermadi.


Majmuaga tashrif buyurgan ishqibozlar

O'tkazib yuborilgan to'pdan so'ng terma jamoamiz darhol hujumga o'tdi. Dilshod Raxmatovning pasidan keyin SHlema ikkinchi urinishda nishonni aniq oldi.

10' Gooooolllll!! Andrey SHlema hisobni tenglashtirmoqda, 1:1.

9' Gol, Nishitani Riosuke o'yinda hisobni ochmoqda.

6' Jamoamiz chiroyli hujum tashkil etishdi, lekin Abdumavlonovning to'p uzutishini darvozaga to'g'rilab yuboradigan o'yinchi topilmadi.

5' Rustam Umarov juda ham xavfli zarbani bartaraf etdi.

4' Yaponlar faolroq harakat qilishmoqda, biznikilar esa hozircha himoyalanishmoqda.

1' Darvozamiz oldida juda ham xavfli vaziyat, to'p Rustam Umarov qo'riqlayotgan darvozaning ustuniga tegdi.

1' Uchrashuvdagi dastlabki zarbani vakillarimiz berishdi, to'p biroz noaniq ketdi.

Demak, O'zbekiston-Yaponiya baxsi boshlandi.

Qizig'i shundaki AFC rasmiy sayti bergan malumotga ishonadigan bo'lsak, Bahodir Ahmedov Yaponiyaga qarshi birinchi beshtalikda ikkita darvozabonni tushiradi. Bu shunchaki tushunmovchilikmi yoki chindan ham shundaymi aniqlashga harakat qilib ko'ramiz.



Hozirgina terma jamoa bilan Xo SHi Minga ketgan O'zbekiston futbol federaciyasi matbuot bo'limi xodimi Baxtiyor Mametovning bizga malum qilishicha, O'zbekiston terma jamoasi tarkibida birinchi beshtalikda darvozabonlardan faqat Rustam Umarov tushadi. Yuqoridagi vaziyatga esa AFC rasmiy saytida texnik xato deb qaraymiz.
Bugungi o'yinning protokolini o'zingiz ko'rishingiz mumkin, hammasi joyida va ortiqcha ehtirosga berilish shart emas.

"D" guruhi

Jamoalar O' YU
D
M
UG
O'G
TN
O
Qirg'iziston
2 1 1 0 6 3 3 4
O'zbekiston 2 1 1 0 4 3 1 4
Yaponiya 2 1 0 1 13 2 11 3
Janubiy Koreya
2 0 0 2 1 16 -15 0

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика