Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston - Livan uchrashuvi oldidan
06 may 2014 15:26
Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston - Livan uchrashuvi oldidan
SHu kunlarda Vetnamning Xo SHi Min shahrida o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining guruh bosqichi o'yinlariga 5 may kuni yakun yasaldi.
Ushbu bosqich yakunlariga ko'ra, chorak finalga “A” guruhidan Quvayt va Vetnam, “V” guruhidan Eron va Avstraliya, “S” guruhidan Tailand va Livan hamda “D” guruhidan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari yo'l olishdi.
7 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final bosqichida Quvayt – Avstraliya, Tailand – Yaponiya, Eron – Vetnam va O'zbekiston – Livan uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvlardan bir kun oldin, chorak finalda ishtirok etadigan barcha terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Quyida O'zbekiston va Livan terma jamoalari bosh murabbiylari bildirib o'tgan fikrlar keltirilgan:
Bahodir Ahmedov – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Avvalambor, chorak finalga yo'l olgan barcha jamoalarni ushbu natija bilan tabriklamoqchiman.
Bo'lajak raqib to'g'risida gapiradigan bo'lsam, Livan terma jamoasi menda doimo yaxshi taassurot qoldirgan. Ushbu jamoa vakillari zamonaviy futzal o'ynashga intilishadi. Texnik jihatdan ham livanliklarga Osiyoda kamdan kam jamoa raqiblik qila oladi. Biz raqimizni hurmat qilamiz, ammo oldimizga qo'yilgan vazifani uddalash uchun, uni mag'lubiyatga uchratishimiz lozim. Uchrushuvga qanday taktika tanlashimizni bugun aniqlaymiz. O'yindan oldingi mag'lutomizga jiddiy etibor beramiz va mashg'ulot chog'ida kerakli jihatlar ustida ishlaymiz. Ertaga jamoamiz tarkibida Jasur Sodiqov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Albatta biz uchun bu yo'qotish, ammo futzalda bunday xolatlar bo'lib turadi.
Francisko Araujo (Ispaniya) – Livan terma jamoasi bosh murabbiyi:
- O'zbekiston terma jamoasi bejizga Osiyoning eng kuchli terma jamoalari qatoridan joy olmagan. Ushbu terma jamoa Yaponiyaga qarshi o'yinda ham o'z kuchini ko'rsatdi va amaldagi chempionni mag'lub etdi. Biz judayam qiyin tarzda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Guruh bosqichida o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Endi esa, pley-off tizimida o'tkaziladigan bahslar boshlanmoqda. Bu erda har narsa bo'lishi mumkin. Tarkibimizda yo'qotishlar bor. Asosiy darvozabonimiz jarohat olib, maydonga tushish tushmasligi nomalum bo'lib turibdi. Eng mohir hujumchimiz Tneich esa, 2ta sariq kartochka olgani uchun, uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Fikrlar