Futzal. Vetnam-2014. Eron - Vetnam uchrashuvi oldidan
06 may 2014 14:45
Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. Eron - Vetnam uchrashuvi oldidan
SHu kunlarda Vetnamning Xo SHi Min shahrida o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining guruh bosqichi o'yinlariga 5 may kuni yakun yasaldi.
Ushbu bosqich yakunlariga ko'ra, chorak finalga “A” guruhidan Quvayt va Vetnam, “V” guruhidan Eron va Avstraliya, “S” guruhidan Tailand va Livan hamda “D” guruhidan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari yo'l olishdi.
7 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final bosqichida Quvayt – Avstraliya, Tailand – Yaponiya, Eron – Vetnam va O'zbekiston – Livan uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvlardan bir kun oldin, chorak finalda ishtirok etadigan barcha terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Quyida Eron va Vetnam terma jamoalari bosh murabbiylari bildirib o'tgan fikrlar keltirilgan:
Xusus Kandelas (Ispaniya) – Eron terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Guruh bosqichi yakunlangach, barcha o'yinlarni final deb atash mumkin. Ertaga, Eron terma jamoasi Vetnamga qarshi final uchrashuvini o'tkazadi. Jamoamiz Osiyoda o'z nomiga ega bo'lsa ham, bo'lajak bahs biz uchun oson kechmaydi. Raqibimiz – musobaqa mezboni. Mezbonga qarshi o'ynash esa, doimo qiyin.
Bruno Formoso (Ispaniya) – Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Vetnam terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga qadar etib keldi. Biz Vetnam futzalini yangi sahifasini ochishga erishdik. CHorak finalda bizga qarshi Osiyoning eng zo'r jamoasi o'ynaydi. Eron terma jamoasining zaif nuqtasini o'zi yo'q. SHunga qaramay, fizik, taktik va texnik jihatlardan bizdan ustun bo'lgan raqibga qarshi o'ynashga va uni mag'lubiyatga uchratishga tayyormiz. Bizga muxlislar ham katta yordam berishadi deb o'ylayman. Jamoamiz tarkibidagi barcha o'yinchilar o'zlarini psixologik jihatdan uchrashuvga tayyorlashyapti.

Fikrlar