Futzal. SHuhrat Po'latov: "Futzalda ham avtogol inobatga olinadi"
06 may 2014 13:26
Yangiliklar

Futzal. SHuhrat Po'latov: "Futzalda ham avtogol inobatga olinadi"
Futzal bo'yicha Vetnamda davom etayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamizdan tashqari, futzal referisi, FIFA toifasidagi hakam SHuhrat Po'latov ham ishtirok etmoqda.
Qita birinchiligida guruh bahslari o'z yakuniga etgach, hakamimizdan ayrim savollarga javob oldik.
- Osiyo chempionatida avtogollar hisobga olinmoqda, O'zbekiston chempionatida nima uchun avtogol inobatga olinmaydi?
- Futzalda ham, huddi katta futbolda bo'lgani kabi avtogollar har doim inobatga olinadi. Ichki chempionatimizda avtogol hisoblanmasligi bu qaysidir manoda ichki muammo desa ham bo'ladi. Bizda avvaldan shunday, hozircha bu borada aniq fikrga kelinmagan.
- Avtogolni inobatga olinmasligi haqida O'zbekiston chempionati reglamentida yozilganmi?
- Yo'q, bu haqda hech narsa yozilmagan.
- Futzal qoidalarida bu haqda nima deyilgan?
- Futzal qoidalarida avtogol hamisha inobatga olinadi deb yozilgan.
- Vetnamdagi musobaqada hakamlar uchun yaratib berilgan sharoitlar qay darajada?
- Bu erga kelgan hakamlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, hammasi professional darajada deb ayta olaman.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar