So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  2 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  4 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   2 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  2 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga ketish oldidan kecha so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi + FOTO Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga ketish oldidan kecha so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi + FOTO

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 24-31 avgust kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida yig'in o'tkazadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun tongda Rossiyaga uchib ketishdi. Kecha jamoa safar oldidan so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi. Unda darvozabon Akmal Xazratqulov engil shamollagani bois ishtirok etmadi, qolganlar to'liq shug'ullanishdi. Bundan tashqari, yoshlar terma jamoamiz kiperlari Sunnatjon Anvarov va Mirislom Miralievlar ham mashg'ulotda ishtirok etishdi. Safaroldi mashg'ulot bo'lgani sabab murabbiylar og'ir mashqlardan foydalanishmadi, asosan o'yin payti yuzaga keladigan turli vaziyatlar, o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilish va to'p bilan ishlashga etibor qaratildi.

O'zbekiston terma jamoasining Rossiyaga boradigan tarkibi haqida oldinroq xabar bergan edik. Terma jamoamiz Ekaterinburgda Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi ikkitadan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.



Bo'lajak yig'in O'zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo'lib o'tadigan 2017 yilgi Osiyo o'yinlari va futzal bo'yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Malumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o'yinlari shu yilning 16–26 sentyabr kunlari o'tkaziladi.


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan to'liq fotogalereyani birozdan keyin saytimizda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика