So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Futzal. O'zbekiston MTJ tarkibida yo'qotishlar bor, kechagi mashg'ulotdan GALEREYA Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston MTJ tarkibida yo'qotishlar bor, kechagi mashg'ulotdan GALEREYA

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Turkmanistonda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. Futzalchilarimiz mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan "O'zbekiston" sport majmuasida olib bormoqda. Yig'in 19 yanvarga qadar davom ettiriladi va shundan so'ng jamoa Bokuga uchib ketadi. U erda 4 kunlik yig'in va 21 hamda 23 yanvar sanalarida Ozarbayjon milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

Futzal. O'zbekiston MTJ Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Terma jamoaning yig'iniga taklif etilgan 20 nafar futzalchidan ikki nafari safdan chiqqan. Terma jamoa shifokori Rasul Dayanovning so'zlariga ko'ra, Artur Yunusovga jarohati borligi sabab javob berilgan. U Bokuga bormaydi. Bundan tashqari, terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri Davron CHoriev o'ng oyog'idan olgan jarohati sabab individual tarzda shug'ullanmoqda. U ham Ozarbayjonga qarshi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi. Murabbiylar CHorievning jarohati ter orada tuzalishiga va fevralga qadar mashg'ulotlarga qaytishiga umid qilishmoqda.

Davron CHorievning o'ng oyoq suyagi dars ketgan.


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar:

Darvozabonlar:

1. Rustam Umarov (AGMK)
2. Klim Tyugaev ("Lokomotiv")
3. Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
4. Abbos Elmurodov ("Lokomotiv")

O'yinchilar:
5. Anasxon Rahmatov (AGMK)
6. Ixtiyor Ropiev (AGMK)
7. Mashrab Odilov (AGMK)
8. Ilhom Hamroev (AGMK)
9. Husniddin Nishonov (AGMK)
10. Dilshod Rahmatov (AGMK)
11. Davron CHoriev ("Paxtakor")
12. Akbar Usmonov (AGMK)
13. Sunnatilla Jo'raev ("Nasaf")
14. Konstantin Sviridov ("Maksam-CHirchiq")
15. Javlon Anorov ("Maksam-CHirchiq")
16. Ravshan Ismatullaev ("So'g'diyona")
17. Xushnur Erkinov ("So'g'diyona")
18. Abdulla Solixov ("Lokomotiv")
19. SHahzod Sadiev ("Dinamo")
20. Dilmurod SHavkatov ("Paxtakor")


Terma jamoa ixtiyorini tark etgan Artur Yunusov o'rniga o'tgan mavsumni "So'g'diyona"da o'tkazgan "Nafis" tarbiyalanuvchisi Ravshan Ismatullaev chaqirilgan. Terma jamoaning kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Artur Yunusov o'rniga chaqirilgan Ravshan Ismatullaev (o'ngda).


"Paxtakor" darvozaboni Ravshan Eliboev.


AGMK futzalchisi Mashrab Odilov.


"Nasaf" azosi Sunnatilla Jo'raev.


 

O'zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futzalchisi - Akbar Usmonov.



 

2016 yil bizni Osiyo chempionati finaliga olib chiqishda katta hissa darvozabon Klim Tyugaev.



O'zbek futzalining ikki afsonasi Bahodir Ahmedov hamda Rustam Umarov.




Terma jamoaning kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика