So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  1 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  37 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

Futzal. Oliy liga. Yarim final. "Ardus" ikkinchi finalchi Yangiliklar

Futzal. Oliy liga. Yarim final. "Ardus" ikkinchi finalchi

Futzal bo'yicha XX milliy chempionatimizning hal qiluvchi pallasiga ham yaqinlashib qoldik.

Kecha amaldagi chempion "Olmaliq" finalga chiqqan edi. Bugun Toshkentning "Ardus" hamda Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoalari ikkinchi finalchini aniqlab beradigan hal qiluvchi uchinchi o'yinni o'tkazishdi. "Ardus" yirik g'alabani qo'lga kiritdi va finalga yo'l oldi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq chiroyli kombinaciyani Farhod Abdumavlonov gol bilan yakunladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Bugun uchta o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng "Do'stlik-AIN"ning asosiy darvozaboni Akmal Xazratqulov safga qaytgan, lekin jamoa sardori Oybek Polvonov sariq kartochkalari ikkitaga etgani sababli bellashuvni o'tkazib yubormoqda.

Bugungi uchrashuvni "O'zbekiston" sport majmuasidan bevosita O'FF prezidenti Mirabror Usmonov, O'FA prezidenti Fazliddin Sradjiddinov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FA vice-prezidenti Jahongir Usmonov, TJM direktori Asqar Tolibjonov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanlar kuzatib borishmoqda.

Oliy liga, yarim final
04.05.2016

"Ardus" - "Do'stlik-AIN" 7:2

Gol: F.Abdumavlonov 1, 22, T.Abdurazzoqov 6 (avtogol), D.Rahmatov 19, 26, A.Yunusov 22, 27 - U.Boymamatov 17, T.Abdurazzoqov 39

"Ardus" (birinchi beshlik): Nikolay Kravchenko, Artur Yunusov, Dilshod Irsaliev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: Ravshan Eliboev, SHaxzod Bo'riev, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, Davron CHoriev, Ilhom Xamroev, Alan Aminov, Elyor Samadov.

"Do'stlik-AIN": (birinchi beshlik): Akmal Xazratqulov, Feruz Faxriddinov, SHerzod Mustafoev, Tohir Abdurazzoqov, SHaxboz Ahmedov.
Zaxira: Javohir Ochilov, Ulug'bek Boymamatov, Farhod Jumaev, Alisher Ibragimov, Azam Saidahmatov, Abubakir Usmon.

Ogohlantirishlar: F.Faxriddinov, U.Boymamatov 31



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика