So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  9 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Futzal. Oliy liga. Murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Futzal. Oliy liga. Murabbiylar qanday fikrda?

Teglar :  FutzalOliy liga
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 1-turidan o'rin olgan 3-kungi bahslardan so'ng murabbiylar o'yin haqida fikr bildirdi.

Abdulla Bo'riev ("Bunyodkor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Qiyin o'yin bo'ldi. "Nasaf" bizning jamoa uchun doim noqulay raqib bo'lib kelgan. Ular kecha qo'lga kiritilgan 1 ochkodan ruhlanib, bugun yanada kuchliroq harakat qilishdi. Ammo, ketma-ket uchralgan ikki mag'lubiyatdan so'ng bizga ham g'alaba suv va havodek zarur edi. Kelgusi bahslarda yo'l qo'yilgan xatolardan xulosa chiqarib, yanada yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.


Alisher Yusupov ("Nasaf" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Yomon o'yin bo'lmadi. Biroz omad ham kelmadi. Futzalchilarimizda tajriba kamroq ekanligi bois, oddiy vaziyatlarda ham gol o'tkazib yubordik.


Farhod Mirahmedov ("Lokomotiv" futzal jamoasi murabbiyi):

- Kecha kuchli raqib ustidan yirik hisobda g'alabaga erishdik. Balki, shu boisdan yigitlar bugun biroz xotirjamlikka berilishdi. Doim raqibni hurmat qilib, har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak.


Farruh Zokirov ("Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa. Kecha HUAXIN-Jizzax ustidan g'alaba qozondi. Yigitlarga koncentraciyani yo'qotmaslik kerakligini uqtirgan edim. O'z imkoniyatlarimizdan maksimal foydalandik, deb o'ylayman. Jamoamning o'yini asta-sekinlik bilan rivojlanib bormoqda.


Bahodir Ahmedov (HUAXIN Jizzax bosh murabbiyi):

- Bugungi o'yin juda ham qiyin bo'ldi. Ikki yaxshi jamoa o'zaro bahs olib bordi. Vaziyatlardan unumli foydalanib, g'alaba qozondik. Olmaliq jamoasiga rahmat aytman. Juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика