Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz
04 avg 12:50
Yangiliklar
Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz
Futzal bo'yicha ikkinchi jahon chempionatiga 1992 yilning 15–28 noyabr kunlari Gonkong mezbonlik qildi. Turnirda 6 qitadan 16 mamlakat qatnashdi. Ishtirokchilar orasida dastlab Yugoslaviya ham bor edi, biroq mamlakat ichidagi fuqarolar urushi sababli terma jamoa turnirdan chetlatildi.
Mezbon jamoa yuqori natijaga erishish uchun avvalgi mundialda Niderlandiyani finalga qadar olib borgan Vik Xermansni bosh murabbiy etib tayinladi, biroq Osiyo jamoasi dastlabki bosqichdayoq musobaqani tark etdi.
Braziliya terma jamoasi deyarli butun tarkib o'zgargan bo'lishiga qaramay, bu safar ham chempionlikni tantana qiladi. Ular finalda AQSHga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (4:1). Final uchrashuviga futbol bo'yicha jahon chempioni Pele tashrif buyurib, Gonkongdagi 10 mingdan ortiq tomoshabinlar bilan birga bellashuvni kuzatib bordi.
Aynan 1992 yilda Braziliya mazkur sport turini Olimpiya o'yinlariga kiritish uchun ilk urinishini amalga oshirdi. Jahon chempionatida braziliyaliklar FIFAga faqat futzalga ixtisoslashgan hakamlar hamda o'yinga mos keladigan to'pdan foydalanishni boshlashni ham taklif qilishdi.
Ko'pchilik uchun musobaqada kutilmagan holat Eron terma jamoasining to'rtinchi o'rinni egallashi bo'lgan. Forslar azosi Said Rajabi SHirozi 16 ta gol bilan musobaqaning "Oltin butsa"sini qo'lga kiritdi.
Musobaqa avvalgisi singari ikki raunddan iborat guruh bosqichi o'tkazildi. Ulardan muvaffaqiyatli o'tgan to'rt mamlakat esa pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurash olib bordi.
1-bosqich
"A" guruhi
15.11.92
ARGENTINA — NIGERIYA 6-2 (4-0)
GONKONG-POLSHA 2-4 (1-2)
17.11.92
POLSHA — NIGERIYA 5-4 (3-1)
GONKONG — ARGENTINA 1-2 (1-0)
20.11.92
POLSHA — ARGENTINA 2-3 (2-3)
GONKONG — NIGERIYA 4-1 (0-0)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Argentina | 3 | 3 | 0 | 0 | 11-5 | 6* |
Polsha | 3 | 2 | 0 | 1 | 11-9 | 4 |
Gonkong | 3 | 1 | 0 | 2 | 7-7 | 2 |
Nigeriya | 3 | 0 | 0 | 3 | 7-15 | 0 |
* Avvallari g'alaba uchun 2 ochko taqdim etilgan.
"B" guruhi
16.11.92
NIDERLANDIYA-ERON 2-1 (2-0)
PARAGVAY — ITALIYA 5-7 (1-2)
18.11.92
ERON-ITALIYA 7-5 (4-1)
NIDERLANDIYA — PARAGVAY 1-3 (0-2)
20.11.92
NIDERLANDIYA-ITALIYA 4-3 (1-0)
ERON — PARAGVAY 10-6 (2-2)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Eron | 3 | 2 | 0 | 1 | 18-13 | 4 |
Niderlandiya | 3 | 2 | 0 | 1 | 7-7 | 4 |
Italiya | 3 | 1 | 0 | 2 | 15-16 | 2 |
Paragvay | 3 | 1 | 0 | 2 | 14-18 | 2 |
"C" guruhi
16.11.92
BRAZILIYA — AVSTRALIYA 3-0 (2-0)
KOSTA-RIKA-BELGIYA 2-6 (1-3)
19.11.92
AVSTRALIYA-BELGIYA 1-2 (1-1)
BRAZILIYA — KOSTA-RIKA 15-1 (4-0)
21.11.92
BRAZILIYA — BELGIYA 5-0 (2-0)
AVSTRALIYA-KOSTA-RIKA 8-6 (5-2)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Braziliya | 3 | 3 | 0 | 0 | 23-1 | 6 |
Belgiya | 3 | 2 | 0 | 1 | 8-8 | 4 |
Avstraliya | 3 | 1 | 0 | 2 | 9-11 | 2 |
Kosta-Rika | 3 | 0 | 0 | 3 | 9-29 | 0 |
"D" guruhi
17.11.92
XITOY— ISPANIYA 5-6 (2-2)
ROSSIYA-AQSH 3-8 (0-3)
19.11.92
ISPANIYA-AQSH 5-3 (1-0)
ROSSIYA-XITOY 10-1 (2-1)
21.11.92
XITOY— AQSH1-7 (0-4)
ROSSIYA-ISPANIYA 7-7 (1-2)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Ispaniya | 3 | 2 | 1 | 0 | 18-15 | 5 |
AQSH | 3 | 2 | 0 | 1 | 18-9 | 4 |
Rossiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 20-16 | 3 |
Xitoy | 3 | 0 | 0 | 3 | 7-23 | 0 |
2-bosqich
"A" guruhi
23.11.92
ARGENTINA — NIDERLANDIYA 1-4 (0-0)
BRAZILIYA — AQSH 2-2 (0-1)
24.11.92
ARGENTINA — BRAZILIYA 1-5 (1-3)
NIDERLANDIYA-AQSH 3-3 (1-2)
25.11.92
ARGENTINA — AQSH 3-6 (2-2)
NIDERLANDIYA — BRAZILIYA 1-6 (0-3)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Braziliya | 3 | 2 | 1 | 0 | 13-4 | 5 |
AQSH | 3 | 1 | 2 | 0 | 11-8 | 4 |
Niderlandiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 8-10 | 3 |
Argentina | 3 | 0 | 0 | 3 | 5-15 | 0 |
"B" guruhi
23.11.92
ERON-POLSHA 2-0 (0-0)
ISPANIYA-BELGIYA 5-3 (1-1)
24.11.92
ERON-ISPANIYA 4-2 (0-1)
POLSHA-BELGIYA 1-4 (0-3)
25.11.92
ERON-BELGIYA 4-2 (1-0)
POLSHA-ISPANIYA 3-7 (1-5)
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Eron | 3 | 3 | 0 | 0 | 10-4 | 6 |
Ispaniya | 3 | 2 | 0 | 1 | 14-10 | 4 |
Belgiya | 3 | 1 | 0 | 2 | 9-10 | 2 |
Polsha | 3 | 0 | 0 | 3 | 4-13 | 0 |
Yarim final
Braziliya — Ispaniya 4:1
Eron — AQSH 2:4
3-o'rin uchun
Eron — Ispaniya 6:9
Final
Braziliya — AQSH 4:1
Braziliya terma jamoasi etakchisi Jorjino musobaqa "Oltin to'p"ini qo'lga kiritdi.
"Futzal o'ynashni onamning qornidan boshlaganman, — deya hazil bilan eslaydi Jorjino. — Onam meni uyga chaqirmaguncha, ko'chada o'rtoqlarim bilan o'ynardim. Biz juda kambag'al edik, hatto uyda yostiq ham yo'q edi, shuning uchun boshimni to'pga qo'yib uxlardim. Keyinchalik meni mahalliy jamoalardan biriga taklif qilishdi. To'rt kun yalangoyoq va hech qanday sport kiyimlarisiz mashg'ulotlarda qatnashdim. Bir kuni bolalardan birining otasi menga eskirgan krossovka sovg'a qildi, biroq boshqa bolalar meni masxara qila boshlashdi. Sababi oyoq kiyim o'lchami 35 edi, men esa 33 o'lchamdagi oyoq kiyim kiyardim. Gazetani g'ijimlab, krossovkalarimning ichiga solib qo'ydim va qarabsizki loppa-loyiq. O'shanda oyoqlarimni o'rdakning oyog'iga o'xshatishardi. Bir necha kundan keyin menga liboslar to'plamini sovg'a qilishdi, shundan so'ng maydonda hech kim meni to'xtata olmadi.
Finalda o'ziga xos spektakl namoyish etdik. Biz mag'lubiyatga uchramagan holda chempion bo'ldik va barcha shaxsiy sovrinlarni qo'lga kiritdik. Gonkongda 40 kun Bu uch smena davomida mashg'ulot o'tkazdik. Hal qiluvchi bahsda AQSHni 18 ming tomoshabin ko'z o'ngida, Madonna shousi va Mayk Tayson jangi bo'lib o'tgan sport majmuasida mag'lub etdik..."
O'tkazilgan joyi: Gonkong
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Xung Xom, Cim SHa Cuy)
O'tkazilgan sanasi: 15–28 noyabr, 1992 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50300 (har o'yinga 1258)
Urilgan gollar: 307 (har o'yinga 7.68 ta gol)
To'purar: Said Rajabi SHirozi (Eron, 16 ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Jorjino (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH
Sovrindorlar
CHempion - Braziliya
Ikkinchi o'rin - AQSH
Uchinchi o'rin - Ispaniya
To'rtinchi o'rin - Eron
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar