So’nggi yangiliklar

15:18Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро". Асосий таркиблар маълум  0 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  3 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  5 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   14 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  3 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  17 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  22 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  2 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  4 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  8

Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha birinchi jahon chempionatiga 1989 yilning 5–15 yanvar kunlari Niderlandiya mezbonlik qildi.

Turnirda ishtirok etish uchun Evropadan 6 ta, Janubiy Amerikadan 3 ta, SHimoliy Amerika, Afrika va Osiyodan 2 ta va Okeaniyadan 1 ta, jami 16 mamlakat taklif etilgan.

O'sha yili Niderlandiya futbol associaciyasi o'zining yuz yilligini ham nishonlagan, shu sababli ham musobaqa ikki hissa bayramona ruhda o'tgan.  

Musobaqa chempioni Braziliya birinchi bosqichni Vengriyadan uchralgan mag'lubiyat (2:3) bilan boshlagan bo'lsa-da, keyinchalik ikkinchi bosqichga yo'l olib, yakunda oltin medallarni o'ziniki qiladi. 

Braziliyaliklar hal qiluvchi bahsda to'rt mingdan ortiq tomoshabin qarshisida mezbon Niderlandiya terma jamoasini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi o'rin esa AQSHga nasib etdi.

Futzal musobaqasida bir qator professional futbolchilar ham ishtirok etgan. Ulardan eng mashhuri 1992 yil futbol bo'yicha Evropa chempioniga aylangan daniyalik Brian Laudrup edi. Laudrup birinchi bosqichning uchta o'yinida o'z hisobiga to'rtta gol yozdirib qo'ydi, biroq u va yashil maydonda qita chempionligini qo'lga kiritgan bir nechta sherigining say-harakatlari ham jamoasiga yordam bera olmadi.

"Turnir juda qiziqarli bo'ldi, chunki bu erda ko'plab texnik mahorat, ajoyib qobiliyat va turli mamlakatlarni ko'rishingiz mumkin edi. Biz texnik jihat bilan maqtana olmasdik. Bizni har doim jismoniy, taktik jihatdan yaxshi deb bilishgan, ammo ushbu musobaqadan so'ng ko'pchilik daniyalik o'yinchilarning texnik jihatdan ham qobiliyatli ekanligiga guvoh bo'lishdi", deya turnir haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Laudrup.

1-bosqich

"A" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Niderlandiya321010-55*
Paragvay31209-44
Daniya311112-103
Jazoir30035-170

* Avvallari g'alaba uchun 2 ochko taqdim etilgan.
"B" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya320114-44
Vengriya320117-94
Ispaniya320114-94
Saudiya Arabistoni30034-270


"C" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Belgiya33008-16
Argentina32016-54
Kanada31027-72
Yaponiya30033-110


"D" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
AQSH321010-35
Italiya320112-64
Avstraliya31116-83
Zimbabve30033-140


2-bosqich

"A" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Belgiya32109-45
Niderlandiya31118-63
Vengriya30216-82
Italiya31025-102


"B" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
AQSH330010-46
Braziliya320114-94
Paragvay31025-102
Argentina30037-130


Yarim final

Belgiya — Braziliya 3:3 (pen. 3:5)

AQSH — Niderlandiya 1:2

3-o'rin uchun

Belgiya — AQSH 2:3 (qo'shimcha vaqt)

Final

Braziliya — Niderlandiya 2:1


Mezbon mamlakatNiderlandiya
Turnir o'tkazilgan shaharlar: 5 (Amsterdam, Arnem, Leuvarden, Xertogenbosa va Rotterdam)
Turnir o'tkazilgan sana: 5–15 yanvar, 1989 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 86500 (har o'yinga 2163)
Urilgan gollar: 221 (har o'yinga 5.53ta gol)
To'purar: Laslo Cadani (Vengriya, 7ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Viktor Xermans (Niderlandiya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика