So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  0 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1

Futzal. Farhod Abdumavlonov: "Istalgan klubga qarshi o'ynashga tayyor edik" Yangiliklar

Futzal. Farhod Abdumavlonov: "Istalgan klubga qarshi o'ynashga tayyor edik"

31 oktyabr kuni futzal bo'yicha Associaciya kubogi-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" "Five Star"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Olmaliqliklar azosi Farhod Abdumavlonov ana shu bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Final o'yinida murabbiyimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarganimiz evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. SHuningdek, shu kuni juda kam xato qildik va vaziyatlarni golga aylantirdik.

Finalga "Ardus" yoki "Do'stlik-AIN" jamoalaridan biri etib kela olmagani ishimizni osonlashtirdi deb o'ylamayman. Sababi, "Olmaliq"da hozir terma jamoaga nomzod futzalchilar yig'ilgan va bu tarkib bilan biz istalgan klubga qarshi o'ynashga tayyor edik.

Uchrashuvning boshidayoq gol urganim, qaysidir manoda raqibga ruhan salbiy tasir qildi desam bo'ladi. Tezkor gol, har qanday jamoani shoshirib qo'ydi".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика