So’nggi yangiliklar

22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  18 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18

Futzal. DHL, Ermak hamda SQB O'zbekiston kubogida ishtirok etadi Yangiliklar

Futzal. DHL, Ermak hamda SQB O'zbekiston kubogida ishtirok etadi

O'zbekiston kubogida 3 ta havaskorlar jamoasi ishtirok etadi

11-iyun kuni futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2022/23-yilgi mavsumiga yakun yasaladi. So'nggi tur bellashuvlariga poytaxt Toshkent mezbonlik qiladi.  

May oyi so'ngida O'zbekiston kubogining saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi. 3-4 iyun sanalariga 1/8 hamda 1/4 final bosqichi uchrashuvlari rejalashtirilgan bo'lib, 17-18 iyunda yarim final hamda final bellashuvlari o'tkaziladi. 

O'zbekiston kubogida Oliy liganing 12 ta, Birinchi liganing 7 ta jamoasi qatorida 3 ta havaskor jamoalar ham o'z omadini sinab ko'radi. Liga taqdim etilgan arizalardan kelib chiqib, DHL, “Ermak” hamda “O'zSQB” jamoalarini musobaqaga qo'shishga qaror qildi. Mazkur uch jamoa, shuningdek, Birinchi liganing so'nggi 5 jamoasi O'zbekiston kubogiga saralash bellashuvlari orqali qo'shiladi. Bular: “Dizak”, “Qizilqum”, “Qang'li”, “Surxon”, “Mashal”. 

Saralashda 8 jamoa ikki zonaga ajratib olinadi. Geografik holatidan kelib chiqib, DHL, “Ermak” hamda “O'zSQB” saralashni Toshkentda o'tkazadi. “Surxon”, “Mashal” va “Qizilqum” esa Qarshiga keladi. Jizzaxning “Qang'li” va “Dizak” jamoalari qura orqali mazkur ikki guruhga ajratiladi. Har bir guruh jamoalari uch kun davomida o'zaro bir martadan zalga chiqadi. Yakunda guruh g'oliblari O'zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga yo'l oladi. Mazkur bosqichdan boshlab jamoalar olimpiya tizimida navbatdagi bosqichga yo'l oladi yoki musobaqa bilan xayrlashadi. 

O'zbekiston kubogiga 25-may sanasi 18:00 da qura tashlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика