So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  7 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

Futzal. CHorak final ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Futzal. CHorak final ramziy terma jamoasi

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati chorak final uchrashuvlari yakuniga etib yarim finalchilar nomi malum bo'lib ulgurdi.
Avvalroq yarim final juftliklari va o'tkazilish sanalari haqida malumot bergan edik. CHorak final o'yinlarining ramziy terma jamoasini tuzib chiqishga qaror qildik.

CHorak final ramziy terma jamoasi

Darvozabon:
Akmal Xazratqulov
("Do'stlik-AIN")



Qarshi shahrining ikki jamoasi o'rtasidagi o'ziga hos derbida g'olib bo'lishda Akmal Xazratqulovning harakatlari katta rol o'ynadi deb ayta olamiz. Ayniqsa, hal qiluvchi uchinchi o'yinda Akmal raqiblar uchun o'z darvozasini "qulflab" qo'ydi. Uning muvaffaqiyatli o'yini bo'lmaganida "Nasaf" uchinchi uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozonib ketgan bo'larmidi. Murakkab seyvlarni amalga oshirgan Akmal uchun eng muhimi esa o'yinlarni milliy terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mendez ham bevosita kuzatib bordi. Bu esa u uchun terma jamoa eshiklarini ochishi mumkin.

O'yinchilar:
Sohib Narzullaev
("Kogon")



Kogonliklar sardori "Maksam-CHirchiq"qa varshi uchchala o'yinda ham jamoasining haqiqiy etakchisi ekanligini ko'rsata oldi. Uchinchi bahsda uning harakatlari evaziga "Kogon" mag'lubiyatni g'alabaga aylantira oldi va yarim finalga chiqdi.

Maksim Gulyaev (“Maksam-CHirchiq”)



Garchi chirchiqliklar kuchli to'rttalikka kira olishmagan bo'lsa-da, Maksim Gulyaev klubi tarkibida yaqqol ajralib turdi. Ikkinchi o'yinda penaltilar seriyasida kichik jarohat olgan darvozabonning o'rnida harakat qilib bitta zarbani qaytarishga ham muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, uchinchi bellashuvda chorak finalning eng chiroyli golini kiritdi desak ham bo'ladi.

Eldor Hoshimov (“Ardus”)



“Ardus” Toshkentning boshqa bir klubi “Bunyodkor” bilan birinchi kungi o'yinda anchagina qiynalgan bo'lsa-da, ikkinchi uchrashuvni osongina o'z foydasiga hal qildi. Ushbu qarama-qarshilikda Eldor Hoshimov juda yaxshi taassurot qoldirdi. Eldor guruh o'yinlaridan so'ng o'z ustida ancha ishlagani ko'rinib turibdi, u raqib hujumlarini buzishda va jamoasi hujumlarini boshlashda faollik ko'rsatdi. SHu tempda davom etsa u ham terma jamoadan chaqiruv olishi mumkin.

Konstantin Sviridov (“Olmaliq”)



“Olmaliq” chorak finaldan ortiqcha qiyinchiliksiz o'tdi. “Lokomotiv”ga qarshi kechgan ikki uchrashuvda ham Sviridov haqiqiy sardor ekanligini isbotlay oldi. Uning kuchli va aniq zarbalari raqib darvozabonlarini doimo sarosimaga solib kelgan. U o'yinni boshqarishda ham etakchi o'yinchi.

CHorak final ramziy terma jamoasi

Asosiy tarkib: Akmal Xazratqulov ("Do'stlik-AIN"), Sohib Narzullaev ("Kogon"), Maksim Gulyaev (“Maksam-CHirchiq”), Eldor Hoshimov (“Ardus”), Konstantin Sviridov (“Olmaliq”).
Zahira: To'ychi Berdiev ("Kogon"), Baxtiyor Umarov ("Do'stlik-AIN"), Oybek Polvonov (“Nasaf”), Andrey SHlema (“Olmaliq”), Artur Yunusov (“Ardus”).


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика