So’nggi yangiliklar

11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  0 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  6 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  21 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0

Futzal. Yangi mavsum uchun transfer oynasining ochilish va yopilish muddati malum qilindi Yangiliklar

Futzal. Yangi mavsum uchun transfer oynasining ochilish va yopilish muddati malum qilindi

Teglar :  Futzal
Mamlakatimizda futzal bo'yicha transfer oynasining ochilish va yopilish muddati elon qilindi.

Futzalning 2022/23 yilgi mavsumi uchun sportchilarni ro'yxatdan o'tkazish 1 iyuldan boshlanadi hamda 31 avgustga qadar davom etadi. Qishki davr esa 26 dekabr hamda 7 yanvar oralig'ini o'z ichiga oladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi futzal bo'yicha mamlakat chempionati, kubogi, birinchiligi hamda U-18 chempionati musobaqalarini rasman yakunladi. 

Rejaga ko'ra, yangi mavsum shu yilning sentyabr oyidan etiboran start oladi va u 2023 yilning iyun oyiga qadar davom etadi. CHempionlik uchun Oliy ligada 12 ta jamoa kurash olib boradi. Sentyabrga qadar Birinchi liga ishtirokchilari ro'yxati to'liq shakllantiriladi va bu borada alohida xabar beriladi. 

Bir necha kun muqaddam O'zPFL milliy terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan uchrashuv o'tkazdi hamda uning rejalari bilan qiziqdi. Xabaringiz bor, sentyabr-oktyabr oylarida bosh jamoa Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Mana shu musobaqaga qadar futzal chempionatining 1 ta tur uchrashuvlarini o'tkazib olish rejaga kiritilgan. 

SHundan kelib chiqib, O'zPFL 2022/23-yilgi mavsum uchun futzalchilarni 1 iyul sanasidan boshlab ro'yxatdan o'tkazadi. Ro'yxatga olish davri 31 avgust kuni yakuniga etadi. Qishki oyna esa 26 dekabr kuni ochiladi va u 2023 yilning 7 yanvarida yopiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика