So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  15 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qarshida yig'inni boshlashdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qarshida yig'inni boshlashdi

Teglar :  Futzal
Xabaringiz bor, 21-26 sentyabr kunlari Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpur shahrida futzal bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida birinchi marta Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.


CHempionatda Osiyoning 8 ta davlatidan terma jamoalar ishtirok etishadi. Ushbu terma jamoalar “A” va “V” guruhlarga bo'linishgan O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhdan o'rin olgan, shuningdek bu guruhda Eron, Malayziya va Gongkong davlatlari terma jamoalari bor.

Malumingizkim, mamlakatimizning ushbu terma jamoasiga taniqli mutaxasis Avaz Maqsumov bosh murabbiylik qiladi, unga yosh mutaxasis Kamola Usmanova yordam beradi.

Terma jamoa azolari  bugun Qarshi shahrida yig'ilishdi. Osiyoda ilk bor o'tkaziladigan chempionat oldidan bugun tayyorgarliklar boshlanadi.

Xo'sh, yig'in nega Qarshida shahrida tashkil etildi? Bunga bir necha sabablar bor, birinchidan ushbu terma jamoaning aksariyatini  “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari tashkil qiladi,  qolgan futbolchilar Toshent shahrining “Bunyodkor W” va Toshkent viloyatining “Metallurg W”  jamoalaridandir. Ikkinchidan Qarshi shahridagi “Geolog” sport va sog'lomlashtirish markazida futzal bo'yicha tayyorgarliklar olib borish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu erda ko'plab xalqaro musobaqalar o'tkazilganidan ham xabaringiz bor.

SHularni etiborga olgan terma jamoalar markazi yig'inni shu erda tashkil  qilishni maqul topishgan.

Bugun 16:00da dastlabki mashg'ulotlarga kirishishdi.

Yig'in haqida keyingi sahifalarimizda ham batafsil xabarlar berib boramiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика