So’nggi yangiliklar

00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  4 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  27 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  25 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  104 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  696 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   3 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistoni ustidan irodali g'alabaga erishdi, darvozabonimiz gol urdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistoni ustidan irodali g'alabaga erishdi, darvozabonimiz gol urdi

Futzal bo'yicha Osiyo kubogining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1 

21 aprel 2024 yil. Bangkok, "Bangkok Arena". 19:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Fahad Badir Al Hosani (BAA), Liu Jiankiao (Xitoy), An Ran (Xitoy), Truong Kuok Dung (Vetnam).
Taym kiper: Benjapol Mucharoensap (Tailand)
Nazoratchi: Odil Al SHatti (Kuvayt)
Komissar: Mai An Xoang (Vetnam).

Gollar: Eyxab Muhammad 3, - 0:1. Mashrab Odilov 25, - 1:1. Abror Axmetzyanov 32, - 2:1. Abbos Elmurodov 39, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To'lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov (C), 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov.

Saudiya Arabistoni: 1.Humud Aldahhan, 4.Navaf Muborak Aroan, 7.Eyxab Muhammad (C), 12.Abdulloh Muhammad Al Oqili, 14.Farhan Ali Al Asmari.
Zaxira: 2.Muhammad Abdulmusin Ahmad, 3.Nosir Zayd Al Xarti, 5.Abdulilah Al Otaibi, 6.Abdullah Al Mag'rabi, 8.Fahad Avad Al Johani, 9.Abdulleh Al Dossari, 10.Muaz Muhammad Al Asiri, 11.Faris Fahad Al Maleh, 13.Mahdi Muborak Al Harqan.

Ogohlantirishlar: Abdulilah Al Otaibi 20, Nosir Zayd Al Xarti 20, Husniddin Nishonov 27,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


40. G'ALABA! IRODALI G'ALABA! O'zbekiston guruhdagi 3ta o'yining barchasida g'alaba qozondi va 1-o'rin bilan chorak finalga chiqdi! CHorak finaldagi raqib Vetnam bo'ladi. Bu o'yin 24 aprel kuni soat 19:00da boshlanadi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ABBOOOOOOOOOOOS ELMURODOOOOOOOOOOV! 3:1. Darvozabonimizdan gol! Ajoyib gol!

38. ZARBAA! Elmurodovdan navbatdagi seyv! Bu xato emas aynan Abbos ikki marta seyv qildi ketma-ket

38. ZARBAA! Elmurodovdan navbatdagi seyv! 

36. Saudiya Arabistoni o'ynovchi darvozabon bilan o'ynashni boshladi

35. UXXXX! Rahmatov hozir burchakka yaqin joyda darvozabonni alday olmadi, aks holda...

34. ZARBA! Elmurodovdan uzatmasidan keyin Usmonov boshi bilan darvozaga zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida

34. ZARBAAAAAA! Abdulilah Al Otaibining jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Elmurodov to'pni yuzi bilan qaytardi!

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ABROOOOOR AXMETZYANOOOOOOOOV! 2:1. Abbos Elmurodovdan to'pni qabul qilib olgan Abror ajoyib gol urdi! 



29. ZARBAA! Nosir Zayd Al Xartining kuchli zarbasidan keyin Elmurodov to'pni qaytardi!

27. Ogohlantirish. O'zbekiston. Husniddin Nishonov, afsuski Nishonov chorak finalda maydonga tusha olmaydi

27. ZARBAA! Ropievning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

26. Zarba! Husniddin Nishonovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MASHRAAAAAAAAAAAB ODILOOOOOOOOOOOV! 1:1. Tezkor hujumdan keyin darvozabondan qaytgan to'pni Odilov darvozaga yo'lladi! 




25. ZARBAAA! Saudiyaning hujumlari davom etmoqda, Elmurodovdan yaxshi seyv!

24. UXXXX! Saudiya Arabistonining qarshi hujumi, darvoza ustuni bizni goldan qutqardi! 

24. Tan olish kerak Saudiya Arabistoni juda ham tartibli himoyalanmoqda

21. Ikkinchi taym boshlandi 



20. Birinchi taym yakunlandi, hozircha O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:1.

20. Taymaut! Saudiya Arabistoni ustozi taym tugashiga 6 soniya qolganida taymaut oldi.

20. Ogohlantirish. Saudiya Arabistoni. Nosir Zayd Al Xarti

20. ZARBAAA! Rahmatovning kuchli zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

20. O'sha vaziyatda jarohat olgan Elbek To'lqinovni zambilda olib chiqib ketishmoqda. Afsus! Tezroq tuzalib ketsin! 

20. Ogohlantirish. Saudiya Arabistoni. Abdulilah Al Otaibi

20. Yo'q?! Hakamlar VARni ko'rib qizil emas sariq kartochka berishdi 

20. VAR ko'rilmoqda, saudiyalik futbolchiga qizil kartochka berilishi mumkin

20. UXXXX! Abdulilah Al Otaibi hozir To'lqinovning oyog'ini sindirib yuboray dedi, hakamlar futzalchi to'pga o'ynadi deyishmoqda. VAR ko'rishi kerak buni

18. Saudiyaning navbatdagi xavfli hujumi, Elmurodov o'z o'rnida! 

17. ZARBA! Yana o'sha Navaf Muborakning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

16. Saudiya Arabistonining hujumi, darvozabonning to'p uzatishidan keyin Navaf Muborak boshi bilan zarba bera olmay qoldi

13. ZARBAAAAA! Tezkor qarshi hujumdan keyin Ropiev zarba berdi, darvozabondan seyv!

12. ZARBA! Ropievning maydon markazidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

10. ZARBAA! Burchak to'pidan keyin yana Rahmatov kuchli zarba berdi, bu safar ham noaniq!

10. ZARBAA! Rahmatovning navbatdagi zarbasi, yana noaniq!

8. Taymaut! Xose Venansio taymaut oldi!

8. ZARBAAA! Hamroevning kuchli zarbasi, darvozabon o'z o'rnida!

7. ZARBAA! To'lqinovning kuchli zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi! 

5. ZARBA! Rahmatovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

4. ZARBAAAAA! Sunnatilla Jo'raevning kuchli va aniq zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi! UXXX!

3. GOL! Eyxab Muhammad himoyadagi xatodan keyin hisobni ochdi - 0:1

2. Zarba! Eyxab Muhammadning zarbasi noaniq ketdi.

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A, O'ZBEKISTON! 




- Navbat Saudiya Arabistoni davlat madhiyasiga!

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi! Birgalikda!

- Jamoalar parketga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика