So’nggi yangiliklar

00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   4 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  8 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  1 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  3 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  55 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  2 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   2

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston ikkinchi turda Iroqni mag'lub etdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston ikkinchi turda Iroqni mag'lub etdi

Tailand mezbonlik qilayotgan qita birinchiligida 2-tur o'yinlari davom etadi.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi

2-tur

Iroq – O'zbekiston 1:4

"Bangkok Arena", 19:00

Gol: Akbar Usmonov 12, 0:1, Mashrab Odilov 17, 0:2, Elbek To'lqinov 26, 0:3, Sunnatilla Jo'raev 28, 0:4, Xaydar Majid 38, 1:4

Iroq: 12.Zahir Mahdi, 7.Salim Faysal, 11.Majid Xaedr, 13.Tariq Zeyad, 14.Valid Holid.

Zaxira: 1.Hussayn Ahmad, 2.Fahad Mithaq, 3.Al SHihaib, 4.Muheb Aldin, 5.Mustafa Ihsan, 6.Xarit Al Obaydi, 8.Gaith Riyadh, 9.Salim Hadhim, 10.Mohanad Abdulhadi.

O'zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To'lqinov.

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov (s), 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov.


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

38. GOL. Iroq gol urdi. 5talik holatda o'yinovchi darvozabon rolida Xaydar Majid darvozaga aniq zarba yo'lladi. 

35. OGOHLANTIRISH. Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov O'zbekiston

35. Hakamlar VARni ko'rmoqda. Qizil kartochka yo'q. 

35. Akbar Usmonov to'pni qaytarish chog'ida Iroq futbolchisiga qo'li bilan turtib yubordi. 

34. ZARBAAAAA. Abbos Elmurodovning zarbasini iroqlik hamkasbi qaytardi. Abbos bugun gol urgisi kelyapti. 

34. OGOHLANTIRISH. Iroq, Tariq Zeyad

30. Iroq yana 5talik holatga o'tdi. 

28. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Bu Lopesning o'ylagan rejasini o'yinchilar to'liq ko'rsatib bermoqda. Akbar Usmonov to'pni Sunnatilla Jo'raevga chiqarib berdi. U esa to'rtinchi golni darvozaga kiritib yubordi. 

28. ZARBAAA. Bu safar iroqlik posbon o'z joyida. 

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. O'zbekiston terma jamoasi azolaridan chiroyli kombinaciya va aniq ishlangan taktik gol. Hisob esa 3:0. Elbek To'lqinov bu erda yakuniy nuqtani qo'ya oldi.

21. Abbos Elmurodov raqib amalga oshirgan jarima zarbasini qaytarishni uddasidan chiqdi. 

21. GOOOOOOOOOL. Iroqlik futbolchi to'pni uzatish paytida xatoga yo'l qo'ydi va o'z darvozasiga kiritib yubordi. Bu vaziyatda To'lqinov to'pga teginganida gol hisoblanardi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

20. Jo'raevga nisbatan iroqlik futbolchi juda qo'pol o'ynadi. 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Iroqning 5talik holatda oldinga o'tganidan foydalanib to'pni olib qo'ytgan Mashrab Odilov uzoq masofadan to'pni tashlab qo'ya qoldi. 

16. ZARBAAA. Jo'raevning zarbasi xavfli chiqdi. 

15. Iroq murabbiyi taym aut oldi va ko'rsatmalarini berdi. 

15. Iroq 5 talik holatda o'yinni davom ettirmoqda. 

13. ZARBAAAAAAAAAA. Ropieeeeev. Qanday vaziyat ediya. Bu vaziyatdan faqat gol urish kerak edi. Zarba noaniq. 

12.  GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Abbos Elmurodov bu vaziyatda oldinga chiqib o'ynadi va zarba berdi. Qaytgan to'pga Akbar Usmonov tezda reakciya qildi va darvozani ishg'ol qildi. Akbar bizning qutqaruvchimiz. 

8. ZARBAA. Mustafa Ixson xavfli vaziyat yaratdi. Zarba kuchli lekin aniq  emas. 

8. ZARBAAA. Darvozabonimiz Abbos Elmurodov oldinga o'zi chiqib kuchli zarba bilan raqib posbonini sinab ko'rdi.

6. Iroqlik posbon jamoadoshi bilan to'qnashib ketdi va jarohatlandi. Uni shifokorlar chetga olib chiqishdi. 

5. ZARBAA. Rahmatovning zarbasi golga aylanmadi. Iroq o'yinchilari yaxshi himoyalanmoqda. 

4. SEEYV. Iroq o'yinchisi Salim Faysalning keskin zarbasini Abbos Elmurodov qiyinchilik bilan qaytardi. 

3. ZARBAA. Husniddin Nishonov Iroq darvozasiga yo'l topishga harakat qilib ko'rdi. Xavfli zarba. 

3. Salim Faysal darvozamiz tomon zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq. 

2. Iroq birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Raqib futbolchisining zarbasini esa Abbos Elmurodov qaytardi. 

1. O'yin boshlandi. 

-  Jamoalar chiqib keldi.  Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика