So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  8 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  31 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  13 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  8 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  3 19:20ЎФА нега жим?  10 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  8 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  19 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi FOTO Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi FOTO

23 yanvar, shanba kuni poytaxtimizdagi mini futbolga ixtisoslashgan “Futbol 20” sport majmuasi maydonida Osiyo chempionatiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi.

Yurtimizda sportga, hususan futbolga berilayotgan etibor yildan yilga kuchayib bormoqda. Futbolning ommaviyligini oshirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, musobaqalar o'tkazilmoqda. 10 fevral kuni Toshkentda boshlanadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati arafasida turli soha vakillaridan iborat bo'lgan 6ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Ikki guruhda 3tadan jamoa finalga chiqish uchun kurashishdi.

"A" guruhida aktyor va ijodkorlardan iborat bo'lgan "Sanatkor" jamoasi, Oliy sud xodimlaridan tashkil topgan jamoa va "Bunyodkor" klubi xodimlari jamoasi. "B" guruhida Oliy liga hakamlari jamoasi, "Osiyo" va sport jurnalistlaridan iborat "Jurnalistlar" jamoasi qatnashishdi. 


"Sanatkor" jamoasida aktyor Alisher Uzoqov, shoir Botir Ergashev va boshlovchi Davron Kabulov to'p tepishdi. Oliy liga hakamlari jamoasida Sayfiddin Ermatov, Ravshan Ermatov, Abdulhamidullo Rasulov, SHerzod Qosimov, Ahmad Ergashev kabi hakamlar o'ynashdi. "Bunyodkor" xodimlari safida sobiq futbolchilar Abdumajid Toirov va Aleksandr Xvostunov harakat qilishdi.


Uchinchi o'rin uchun bahsda Oliy liga hakamlari "Bunyodkor" jamoasi bilan to'qnash keldi. Unda hakamlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida esa Oliy sud xodimlari va "Osiyo" jamoasi o'ynadi. Qiziqarli kechgan o'yinda sud xodimlari jamoasi 3:2 hisobida g'olib chiqishdi.


"A" guruhi

"Sanatkor" - "Bunyodkor" 0:6

"Oliy sud" - "Sanatkor" 2:1

"Bunyodkor" - "Oliy sud" 0:3



"B" guruhi

"Hakamlar" - "Osiyo" 0:3

"Jurnalistlar" - "Hakamlar" 2:6

"Osiyo" - "Jurnalistlar" 9:7


3-o'rin uchun bahs

"Bunyodkor" - "Hakamlar" 1:3

FINAL

"Oliy sud" - "Osiyo" 3:2


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика