So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Futzal. Bahodir Ahmedov Farg'onada mahorat darsi o'tkazdi Yangiliklar

Futzal. Bahodir Ahmedov Farg'onada mahorat darsi o'tkazdi

Bilasiz, ayni kunlarda Farg'onada futzal bo'yicha Oliy liga 2021/22 mavsumi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

O'zPFLning yurtimizda futzal geografiyasini kengaytirish maqsadida Farg'ona viloyati hokimligi bilan yaqindan ish olib borgani samarasi o'laroq Farg'ona shahridagi “Samo” sport majmuasi bugungi kunda bemalol milliy va xalqaro miqyosda futzal uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor holatga keltirildi. SHu sababli futzal bo'yicha mamlakat chempionati ilk tur uchrashuvlari ham Farg'onada bo'lib o'tmoqda.

Oliy liga bahslarini muxlislar qatori Farg'ona shahridagi 1-BO'SM futzal tarbiyalanuvchilari ham katta ishtiyoq bilan kuzatib borishmoqda. O'zPFL tashabbusi bilan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi va “HUAXIN Jizzax” klubi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bugun farg'onalik yosh futzalchilar uchun mahorat darsi o'tkazdi.

“Samo” arenasida Bahodir Ahmedov 2004 yilda tug'ilgan yosh futzalchilar bilan birgalikda mashg'ulotlar olib borib, ularga o'yinning sir-asrorlari bilan bo'lishdi. Tajribali mutaxassis ushbu yoshlarning kelajakda katta futzalchi bo'lib etishishi uchun o'z maslahat va tavsiyalarini berdi. Qolaversa, BO'SMda faoliyat olib borayotgan futzal murabbiylari ham milliy terma ustozidan kerakli tavsiyalarni olishdi.

“Avvalo Farg'onada futzal bayrami tashkil etilayotganidan, bu erda mamlakat chempionati ancha yuqori darajada bo'lib o'tayotganidan, qolaversa endilikda Farg'onada ham futzal bo'yicha katta musobaqalar o'tkazish imkoniyati yuzaga kelganidan juda ham xursandligimni aytib o'tmoqchiman. Bugun yosh futzalchilar bilan mahorat darsi o'tkazdik. Ularning harakatlarini ko'rib juda ham quvondim. Meni eng xursand qilgan jihat – yosh futzalchilarga ham alohida etibor berilayotgani bo'ldi. SHuningdek, farg'onalik yosh murabbiylar bilan ham fikr-mulohaza almashdik. Yosh futzalchilarda ishtiyoq juda ham yuqori ekanini ko'rdim. Kelajakda ulardan etuk futzalchilar chiqishiga ishonaman”, - deya o'z fikrlarini bildirdi Bahodir Ahmedov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика