So’nggi yangiliklar

21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  5 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. ФИНАЛ. Бразилия — Аргентина (матнли трансляция)  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  7 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  4 20:10"Динамо" — ЦСКА. Файзуллаев дербини асосий таркибда бошлайди  1 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  2 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

"Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori elon qilindi Yangiliklar

"Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori elon qilindi

"Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Istedodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talablar va standartlar asosida futbol bo'yicha murabbiy va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq:

1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi va «O'zbekneftgaz» AJning quyidagi takliflari maqullansin:

"Bunyodkor" stadionining butun majmuasi va inshootlari (bundan keyin — «Bunyodkor» stadioni) futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot  jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o'tkazishda O'zbekiston futbol associaciyasining asosiy bazasi hisoblanadi;

Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (selekciya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda  milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari hamda O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasini tashkil etish;

bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga murabbiylarni O'zbekiston futbol associaciyasi bilan kelishgan holda ishga qabul qilish tartibini joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol bo'yicha murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolatini O'zbekiston futbol associaciyasiga topshirish;

O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash Fondi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda bo'shab qolgan mablag'larni O'zbekiston futbol associaciyasiga yo'naltirish;

2. 2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining quyidagi takliflari qo'llab-quvvatlansin:

Fuqarolar yig'ini raislari o'rinbosarlari – Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchilar zimmasiga voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo'yicha mahalla fuqarolari yig'ini komissiyasi rahbari vazifasini yuklash;

Fuqarolar yig'ini raislarining o'rinbosarlari – Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchilarni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi Fond hisobidan moddiy rag'batlantirish tartibini joriy etish;

4. Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo'yicha fuqarolar yig'inlarining komissiyalari:

Tuman(shaharlar)dagi jismoniy tarbiya va sport bo'limlari, bolalar va o'smirlar sport maktablari, bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari, sport federaciyalari (associaciyalari)ning hududiy bo'linmalari bilan futbol va boshqa sport turlarini ommaviylashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, mahallalardagi iqtidorli va istiqbolli bolalarni saralab olish (selekciya) ishlarini tashkil qiladi;

mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirish bo'yicha joylardagi hokimiyat organlari, jismoniy tarbiya va sport bo'limlari (shaharlar), O'zbekiston futbol associaciyasining hududiy bo'linmalariga yordam beradi.

5. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi O'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar Ittifoqi, Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda ikki oy muddat ichida:

davlat-xususiy sektor hamkorligida mahallalarda futbol maydonlari qurishga mo'ljallangan "Har bir mahallada futbol maydoni" Dasturi;

fuqarolar yig'inlari raisining o'rinbosarlari - yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchilarni moddiy rag'batlantirish tartibi bo'yicha hukumat qarorlarining loyihalarini tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

6. O'zbekiston futbol associaciyasi, Farg'ona va Toshkent viloyatlari hokimiyatlarining quyidagi takliflari maqullansin:

O'zbek futbolining 105 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar uchun Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida zamonaviy futbol stadioni qurilishi hamda stadion qurilishini moliyalashtirish xayriya mablag'lari va Farg'ona viloyati hokimligining mahalliy byudjeti tomonidan amalga oshirilishi bo'yicha;

Sud tomonidan davlat mulkiga aylangan Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Sijjak" dam olish zonasi negizida moliyalashtirish manbalari sifatida xayriya mablag'lari, O'zbekiston futbol associaciyasi va Toshkent viloyati mahalliy byujdetini belgilagan holda O'zbekiston futbol associaciyasi qoshidagi milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot bazasi tashkil etish bo'yicha;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Qo'qon shahrida stadion qurilishi va Bo'stonliq tumanida o'quv bazasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilsin.

7. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O'zbekiston futbol associaciyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari faoliyati tanqidiy o'rganib chiqilsin va natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi qarorlarni ko'zda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin:

Ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari bazasida 14ta hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari va O'zbekiston futbol associaciyasi qoshidagi Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasini tashkil qilgan holda ularni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan O'zbekiston futbol associaciyasiga hozirgi moliyalashtirish tartibini saqlagan holda o'tkazish bo'yicha;

Futbol bo'yicha qolgan Ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarini  boshqa Olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan, hududlarda rivojlantirishning zaruriyati va ustuvorligini inobatga olgan holda sportning jamoaviy o'yin turlari bo'yicha internat maktablariga aylantirish bo'yicha;

bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga, shuningdek qayta tiklangan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, tamirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturini tasdiqlash bo'yicha;

Olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlarida futbol bo'limlarini Olimpiya va milliy sportga, shu jumladan sportning jamoaviy o'yin turlariga qabul qilish uchun bo'shatilgan kvotalar yo'nalishi bo'yicha qisqartirish;

O'zbekiston futbol associaciyasi qoshidagi Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasini "Bunyodkor" stadioniga joylashtirish.

8. Belgilab qo'yilsinki:

"Bunyodkor" stadioni bino va inshootlarini ekspluataciya qilish direkciyasi” MCHJ "Bunyodkor" stadionining ishchi tashkiloti hisoblanadi ;

moliyalashtirish manbalari "Bunyodkor” stadioni bino va inshootlaridan foydalanish bo'yicha direkciya” MCHJ (bundan buyon Direkciya deb yuritiladi),  shuningdek, "Bunyodkor" stadionidan foydalanish va saqlash uchun sarflanadigan xarajatlari "O'zbekneftegaz"  AJ  va Direkciya, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

"O'zbekneftegaz" AJ bir oy muddat ichida “Bunyodkor” stadioni bino va inshootlardan foydalanish bo'yicha Direkciya” MCHJ tasis hujjatlariga Direkciya O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida faoliyat ko'rsatishini ko'zda tutgan holda tegishli o'zgartirishlar kiritilishini taminlasin.

9. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston  Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi, Moliya vazirligi tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasining faoliyati va unga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo'yicha kiritgan quyidagi takliflari maqullasin:

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya yillik taqvim rejasida ko'zda tutilgan  tadbirlar uchun O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar;

Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish uchun O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan ajratiladigan mablag'lar;

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;

Homiylar, saxovatpeshalar, shuningdek, Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag'lar.

10. 2023 yilning 1 yanvariga qadar quyidagi to'lovlardan ozod etilsin:

Davlat maqsadli jamg'armalarga majburiy to'lov va barcha soliq turlaridan O'zbekiston futbol associaciyasi, uning hududiy bo'linmalari, "O'zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat tashkiloti va professional futbol klublari;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro'yxat bo'yicha tasdiqlangan futbol bo'yicha sport inshootlarining moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash uchun zarur bo'lgan O'zbekistonga olib kiriladigan sport vositalari, maxsus professional sport kiyimlari va jihozlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, jumladan,  maxsus transport vositalari;

O'zbekiston futbol associaciyasi, uning hududiy bo'linmalari, O'zbekiston professional futbol ligasi jamoat tashkiloti va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxslar - xorijiy mutaxassislarning daromadiga solinadigan soliqlar.

11. Quyidagilar belgilab qo'yilsinki:

Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlaridan daromad solig'i summasi Associaciyaning hududiy bo'limlari, O'zbekiston professional futbol ligasi va professional futbol klublariga homiylik hamda xayriya qilinganda  o'n foizdan oshmagan miqdorda  kamaytiriladi;

Futbolchi va mutaxassislar (murabbiy, hakam, nazoratchi), jumladan, xorijiy mutaxassislarga mashg'ulot hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlari paytda beriladigan ovqat pullari hamda mukofotlash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sifatida kiritilmaydi.    

12. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasi talabnomasiga ko'ra xorijdan jalb qilinadigan mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish konsullik xizmati va boshqa yig'imlarsiz taminlansin.

13. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O'zbekiston futbol associaciyasi talabnomasiga ko'ra xorijdan jalb qilinayotgan mutaxassislarga ko'p marotabali viza berish va uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik ro'yxatdan o'tish va yashash joyida vaqtinchalik ro'yxatdan o'tishni uzaytirish uchun Davlat bojlarini undirmasdan amalga oshirishni taminlasin.  

14. Mehnat munosabatlari va bandlikka ko'maklashish vazirligi belgilangan tartibda O'zbekiston futbol associaciyasi talablariga ko'ra O'zbekiston Respublikasiga xorijdan mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, ko'rsatilgan xorijlik fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlash uchun belgilangan to'lovlarni olmasdan amalga oshirishni taminlasin.

15. Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo'yicha davlat qo'mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasiga, Toshkent shahar hokimligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Bunyodkor” stadionini O'zbekiston futbol associaciyasi balansiga o'tkazilishini taminlasin.

16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi Adliya vazirligi, O'zbekiston futbol associaciyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:

O'zbekiston futbol associaciyasining hududiy bo'linmalari rahbar va mamuriy xodimlari tarkibining (apparatlari) taxminiy tuzilmasini yangilash, shuningdek, xodimlarning moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;

Ushbu Farmondan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish.

17. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Q.V.Akmalov, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri SH.X.Isroilov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi U.M.Ahmadjonov va O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика